B a k t e r I o f a g


BAKTERIOFAG TO’G’RISIDAGI NAZARIYALAR


Download 23.18 Kb.
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi23.18 Kb.
#195634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bakteriofaglar

BAKTERIOFAG TO’G’RISIDAGI NAZARIYALAR

Bakteriofag to’g’risida ko’p tekshirishlar o’tkazilib, uning ayrim xususiyatlari aniqlangan bo’lsa ham, lekin fanda bakte­riofag o’zi nima degan savol hozirgacha to’liq xal etilmagan. Hozirgi vaqtda bakteriofagning tabiati to’g’risida bir-biriga karama-qarshi ikki tushuncha mavjud: chunonchi, bir gruppa olimlar (jumladan D. Erell) bakteriofag qandaydir tirik narsa deb hisoblaydi, chunki ular juda ham kichik bo’ladi, bakterial filtrlardan oson o’tadi, faqat tirik organizmda (mikrob hujayrasida) ko’paya oladi va odatdagi sun’iy oziqli muhitlarda yoki o’lik mikroblarda ko’paya olmaydi, ularni filtrlanuvchi viruslardan deb hisoblashga asos bor deyiladi.

S’Hunday qilib, tabiatda hayvon, odam va o’simlik viruslari bilan bir qatorda mikrob parazitlari yoki bakteriofag deb nomlangan viruslar ham borligini e’tiborga olish lozim.

Ayrim tekshiruvchilar esa (Fisher, Sukiev, Borde) bakterio­fag tirik tabiatga ega emas deb tushuntiradilar.

Bakteriofaglarning tirik mikroblargagina ta’sir etishi, yangi sharoitga moslasha olishi, ya’ni mikrob kulturalariga qayta eqilgan sari, mikroblarni yemirish xususiyatlarining yanada oshishi, mikroblarga spetsifik ta’sir ko’rsatishi, fagning ko’payishi, ma’lum shaklga ega ekanligi va shunga o’xshash bir qancha xususiyatlari bakteriofag tirik organizm ekanligidan darak beradi.

Ko’pchilik olimlar bakteriofagni mikrob hujayrasining paraziti deb tushuntiradilar. Ayrim olimlar esa bakteriofagda bakteriyaga o’xshash tirik organizmga hos belgilardan nafas olish va mustqqil, moddalar almashinish yo’q, fag bakteriya tanasida hosil bo’ladigan, lekin bakteriya hujayrasiga juda aktiv ta’sir etadigan ferment deb hisoblaydilar.

So’nggi vaqtda fagning tirik organizm ekanligi to’g’risidagi nazariya rivojlanib, fag filtrdan o’tuvchi viruslarning bir turidir, degan nazariya paydo buldi. Bu nazariya buyicha bakterio­fag o’zi viruslarga o’xshash bo’lib, bakteriyalarning tanasiga kirib ko’payuvchi va natijada bakteriyalarni yemiruvchi viruslar, degan fikr avj olmoqda va rivojlanmoqda.

Adabiyotlar Ro’yxati:



1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O’qituvchi», 1975.

2. Vahobov A., Inog’omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000.

3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979.

4. Mustakimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O’qituvchi». T. 1995.

5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966.

6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O’qituvchi», 1966.

7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983.

8. www.ziyonet.uz
Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling