B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Laboratoriya ishlarining bajarilish metodikasi
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
Laboratoriya ishlarining bajarilish metodikasi
Talaba laboratoriya ishini bajarishga kirishishdan avval ishning mazmunini diqqat bilan organish va o‘zlashtirishga majbur, bunda u o‘z e’tiborini xavfsizlik texnikasi masalalariga, sintez ishining ayrim muolajalari qanday tartibda oldinma-ketin bajarilishiga, sintez jarayonidagi reaksiyalarni tavsiflovchi tenglamalarga qaratishi kerak. Talaba laboratoriyada ishlashga ruxsat olishi uchun avval o‘qituvchi oldida sintezning qanday tartibda bajarilishi haqida so‘roqdan o‘tishi kerak, uyda talaba bajariladigan sintezdagi u yoki bu jarayonlarga tegishli reaksiyalarning tenglamalarini namoyish qila bilishi, shuningdek, o‘ta xavfli (yonuvchi), zaharli va portlab ketadigan moddalar bilan ishlashda ehtiyot choralariga e’tibor berishi kerak, talabaning ish boshlash oldidan bajaradigan xomcho‘ti yuqorida keltirilgan talablarga javob berishi lozim. Talaba ayni laboratoriya ishi bajariladigan qurilmaning sxemasini bilishi zarur. Har qanday talaba laboratoriyada mustaqil ishlaydi. Agar sintez qilingan mahsulotning % minus unumi ma’lum miqdorga yetsa va hosil qilingan moddaning fizik-kimyoviy konstantalari adabiyotda (kitoblarda) keltirilgan qiymatlarga muvofiq qolsagina, organik modda sintezi muvaffaqiyat bilan bajarilgan hisoblanadi. Sintez qilish vaqtida talabaning ish joyida hech qanday ortiqcha narsalar bo‘lmasligi, ozodalik va tartib saqlashga rioya qilinishi kerak. Ish tugaganidan keyin ish joyini tozalash, ishlatilgan asboblarning qismlarini bir-biridan ajratib, o‘z joyiga qo‘yish, laboratoriya ish- larini yuvish esdan chiqmasin. Ishni bajarishda foydalanilgan metodikani laboratoriya jurnaliga ko‘chirib olish zarurati yo‘q, faqat haqiqatdan nima ish qilganligini yozib qo‘yishning o‘zi yetadi. Talaba o‘z hisobotida reaksiya vaqtida rang yoki cho‘kma paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini, gaz ajralib chiqqan-chiqmaganligi, haroratning o‘z-o‘zicha ko‘tarilgan-ko‘tarilmaganligi kabi holatlarni hamda reaksiyaning borishi qanday tekshirib turilganligini bayon etishi kerak. Bajarilgan ish yakunlari laboratoriya jurnaliga yozib qo‘yil- ganidan keyin talaba o‘qituvchi oldida o‘z ishini himoya qiladi va bu haqda o‘qituvchi jurnalga imzo chekadi. Laboratoriya ishi bajarilib bo‘linganidan keyin talaba shu mavzu yuzasidan o‘qituvchiga
138
Dastlabki moddalarning ish uchun kerakli miqdorini hisob- lash. Sintez borishi haqidagi bayonot (muolajalar, kuzatishlar va izohlar); xomaki mahsulotni tozalash; hosil qilingan moddalarning konstantalari. Sintez bajariladigan qurilmaning sxemasi. 139
Hosil qilingan modda unumi (nazariy unum, amaliy unum /g. hisobida/: amaliy unumning nazariy unumga nisbati / % hisobida/. O‘qituvchi imzosi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling