B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Etil bromid olish uchun qo‘llaniladigan qurilma. 1.1.1. Butil bromid
2.1.1 Etil bromid
Reaktivlar: Etil spirt (96% ni) - 40 ml Kaliy bromid - 60 g Sulfat kislota (konts.) - 45 ml. Kalsiy xlorid yoki suvsiz natriy sulfat. Etil bromid etil spirt tarkibidagi gidrooksidning bromga alma- shinishi natijasida hosil bo‘ladi. Asosiy reaksiya: С2Н50Н + HBr ^ С2Н5Вг + Н20 Reatsiya quyidagi bosqichda bilan sodir bo‘ladi: KBr + H2s04 ^ KHSO4 + HBr 141
Sig‘imi 300 ml bo‘lgan yumaloq tagli kolbaga spirt solib, uning ustiga 35 ml suv qo‘shiladi. Kolbadagi suyuqlikning muttasil aralashtirilgan hamda sovitilgan holatda kolbaga kon- sentirlangan sulfat kislota solinadi. Aralashma xona haroratiga qadar sovitilgach, unga oz-ozdan kaliy bromid qo‘shiladi. Kolbani egik nay vositasida uzun sovitgichga ulab, sovitgichning oxiriga alonj-nay qo‘yiladi. Etil bromid nihoyatda uchuvchan bo‘lganidan, bug‘lanish sababini uning yo‘qolishini kamaytirish maqsadida etil bromidni muzli suvga yig‘iladi. Buning uchun etil bromid yig‘ilishi kerak bo‘lgan idishga (yig‘gichga) ozgina suv solib, bu suvga bir necha muz parchalari tashlanadida, alonj-nay uchini shu suvga botirib qo‘yiladi. Kolbadagi reaksion aralashma qum hammomida yoki berk elektr plita ustida isitiladi. Natijada, etil bromidning moysimon tomchilari muzli suvga tushib, idish tubiga cho‘ka boshlaydi. Isitish etil bromidning eng oxirgi tomchisi tushguncha davom ettiriladi. Agar kolbadagi reaksion aralashma kuchli ravishda ko‘pira boshlasa, isitish qisqa vaqtga to‘xtatiladi. Reaksiya tugaganidan keyin xomaki etil bromid (yig‘gichdagi suv ostidagi modda) ajratuvchi voronka yordamida suvdan ajratilib, sig‘imi 50 ml bo‘lgan tekis tagli quruq kolbaga solinadi: so‘ngra kalsiy xlorid yoki suvsiz natriy sulfat yordamida quritiladi. Nihoyat etil bromidni batamom tozalash uchun uni Byurs kolbasiga solib, suv hammomida isitib haydaladida, muzli suvga botirilgan idishga yig‘iladi. Etil bromid 35 - 40°C oralig‘ida haydaladi, uning asosiy qismi 38-39°C haydaladi. Reaksiya uchun 45 g atrofida bo‘ladi. 142
Reaktivlar: Normal butil spirt - 46 ml. Kaliy bromid - 75 g. Sulfat kislota (konts) - 50 ml. Kaliy xlorid, suvsiz natriy sulfat. Butil bromid hosil bo‘lish reaksiyasi quyidagi keltirilgan. tenglamalarga muvofiq ravishda boradi. Asosiy reaksiya: CH3- CH2 - CH2 - CH2 - OH + HBr ^2 CH3- CH2 - CH2 - CH2 - Br + H2O Bu reaksiya quyidagi bosqichlar bilan sodir bo‘ladi: KBr + H2SO4 ^ KHSO4 + HBr C4H9 OH + HOSO3 ^ S4H9OSO3H + H2O C4H9OSO3H + HBr ^ C4H9Br + HSO4 Yonaki reaksiyalar: s4H9OsO3H + C4H9OH C4H9OH HO H2SO4 C4H9OH C4H9OSO3H ^ CH3 - ^ C4H9OC4H9+H2SO4 C4 H9 O C4 H9 CH2 - CH = CH2 + H2SO4 Sig‘im 0,5 l bo‘lgan yumaloq tagli kolbaga butil spirt solib, uning ustiga / kolbani sovuq suv bilan sovitib turgan xolatda) muttasil chayqatib turib, 70 ml suv va konsentrlangan sulfat kislota solinadi (1-rasm). Aralashma xona haroratiga qadar 143
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling