B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet82/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Umumiy metodik ko‘rsatmalar


Organik kimyoni o‘rganishning tarkibiy qismlaridan biri - laboratoriya mashg‘ulotlarlarini bajarishdan iborat. Laboratoriya mashg‘ulotlari leksiyada o‘tilgan materialni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega, chunki u ta’lim-tarbiyaning eng muhim ko‘rinishlaridan birini tashkil qiladi.

Organik kimyodan laboratoriya ishlari praktikum III va IV semestrlarda organik kimyoning nazariy kursi bilan yondosh ravish- da olib boriladi.

Laboratoriya praktikum programmasiga galogenlanish, atsil- lanish, oksidlanish, sulfirlanish, nitrolanish, diazotirlanish, qaytarilish va degidratlanish reaksiyalari kiritildi. Har qaysi mavzu bo‘yicha alifatik va aromatik qator birikmalarning sinteziga doir bir necha laboratoriya ishlar bajariladi. Faqat organik kimyo laboratoriyalarida ishlash uchun xavfsizlik va o‘tga qarshi choralar ko‘rish texnikalari haqida yo‘l-yo‘riq olgan, baxtsizlik vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatishdan xabardor talabalargagina laboratoriya praktikumini bajarishga ruxsat beriladi. Talabalar III semestrda organik kimyo laboratoriyalarida qo‘llaniladigan asbob-uskuna, kimyoviy usullar bilan ishlashga doir usullar bilan tanishib, organik moddalarni bir- biridan ajratish metodlarini, shuningdek, organik birikmalarni sifat va miqdor jihatdan analizini o‘zlashtirib, organik birikmalarni sintez qilishga o‘tadilar. IV semestrda esa turli organik birikmalar sintezlarini bajaradilar.

Laboratoriya praktikumiga oid materialni bayon etishda baja- rilishi kerak bo‘lgan ishning nomi zaruriy reaktivlar, ishning bajarilish tartibi sodir bo‘ladigan reaksiyalarning tenglamalari va ayni ish bajariladigan qurilma sxemasi ko‘rsatiladi. Organik kimyodan laboratoriya ishlarini bajarayotgan har qaysi talaba laboratoriya jurnali tutishga majbur. U laboratoriyada bajargan barcha ishlari bo‘yicha hisobot tayyorlashi va hisobotni laboratoriya jurnaliga yozishi kerak. Agar ishning bajarilganligi to‘g‘risida jurnalda o‘qituvchining imzosi bo‘lmasa, laboratoriyada bajarilgan ish haqidagi hisobot qabul qilinmaydi va ish bajarilmagan deb xulosa qilinadi.

137





    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling