B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Parafin uglevodorodlarni oksidlash


Download 0.74 Mb.
bet32/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Parafin uglevodorodlarni oksidlash

Ilk xomashyoga bog‘liq holida parafin uglevodorodlarning oksidlash jarayonini uchta o‘zaro mustaqil guruhlarga bo‘lish mumkin:


  1. Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlash.


  2. Suyuq C10-C20 parafin uglevodorodlarni oksidlash.


  3. Qattiq C20-C40 parafin uglevodorodlarni oksidlash.




  1. Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlash

Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlashdan maqsad - formalde- gid, sirka kislota, atsetaldegid, metanol va boshqa qimmatli mahsu- lotlar olish. Oksidlash tezligi metandan butanga tomon ortib boradi.




  1. Metanni oksidlash

Metan oksidlanganda quyidagi reaksiyalar ketadi:

CH4+1/2 O2 — CH3OH+62 kkal/mol

CH3OH+1/2 O2 — CH2O+H2O+70,47 kkal/mol

CH2O+1/2 O2 — HCOOH+131,45 kkal/mol

HCOOH+1/2 O2 — CO2+H2O+115,69 kkal/mol

Metanni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlashning murakkabligi shundan iboratki, oksidlash chuqurligini oshishi bilan jarayon tezligi va is- siqlik effekti tobora ortib boradi. Bu esa oksidlash jarayonini kerakli bosqichida temperaturani boshqarib turishni qiyinlashtiradi. Shu sa- babli bir o‘tishda metanning kamroq konversiya reaksiyasi amalga

60


oshiriladi, reaktorda esa reaksiya mahsulotlarini qisqa vaqt bo‘lishi ta’minlanadi. Reaksiya yuqoriroq bosim ostida azot oksidlari init- siatorlari ishtirokida olib boriladi. Har doim oksidlash reaksiyasini, portlash xavfi bor kontsentratsiyalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida, ortiqcha miqdorda uglevodorodlar bilan olib boriladi.

Metanni 360°C haroratda, 100 atmosfera bosimda, azot oksidlari (0,08%) mavjudligida va metan: kislorod=9:1 (nisbat)da oksidlagan- da 17% CN3ON va 0,6 % CN20 olingan. Atmosfera bosimi va 600°C ga yaqin harorat, azot oksidlari ishtirokida 35% ga yaqin formalde- gid (reaksiyaga kirishgan metanga nisbatan) olingan.

Neftkimyo sanoatida formaldegid ishlab chiqarish yirik ko‘lam- larga yetdi. Biroq metanni oksidlab formaldegid olish qiyinchiliklari asosan metanni ushbu usul bilan olinishiga sabab bo‘ldi. Bunda jara- yon quyidagicha amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda metanning konversiyasi suv bug‘i bilan olib boriladi:


CH4 + H2O 1200-1300 °C700-800 0CM > CO + 3H2

Hosil bo‘lgan sintez-gazdan metanol oladilar:

CO+2H2 ^ CH3OH+26,5kkal/mol

Reaksiyani 370-400°C haroratda, 250-300 atmosfera bosimida ZnO-Cr2O3 oksid formadagi katalizator ishtirokida olib boriladi. Metanol salmog‘i 85-87% ni tashkil qiladi.

Shu bilan birga reaksiya mahsulotlari 2% gacha dimetil efiri, 1% gacha yuqori spirtlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Metanol ishlab chiqarishning katta ko‘lamdaligini (masalan, 2000-yilda AQSH da 15 mln.t) va formaldegidning neftkimyodagi muhimligini hisobga olgan holida dimetilefirini formaldegidga qayta ishlash jarayoni ishlab chiqilgan:

(СН3)2О+О2 ^ 2CH20+H20

Jarayon 450-530°C haroratda, atmosfera bosimi ostida WO3 ka- talizatorida ketadi.

Sintez-gazdan olingan metanolni oksidlab, degidrirlash yo‘li bilan formaldegidga aylantiriladi:

СН3ОН+1/2 О2 ^ СН2О+Н2О


61


Jarayon kumush katalizatori ishtirokida 600°C haroratda olib bori- ladi. Reaksiyaga kirishgan metanolga nisbatan formaldegid salmog‘i 90% ga yetadi. Portlash xavfiga ega kontsentratsiyalarga chap berish maqsadida reaksiya suv bug‘lari bilan chapishtirib olib boriladi.

Oksidlash jarayoni uchun etan amalda ishlatiladi.





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling