Ikkinchi bosqich (IPB GPni parchalanishi)
IPB GP ni parchalanishi 60°C dan ortiq bo‘lmagan haroratda kis- lota (hammadan ham ko‘proq sulfat) ishtirokida amalga oshadi:
Лг
CH
3
COOH
XCH3
o
OH+H3C-C-CH3
IPB GP ning parchalanish tezligi sulfat kislota kontsentratsiyaga bog‘liq. Amalda 95-96% li sulfat kislotaning atsetondagi 1% li erit-
82
masi ishlatiladi. IPB GP ni parchalanishi ko‘p issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi, shuning uchun u yaxshigina olib chiqib ketilishi lozim. Bu jarayon reaksion massani tashqi sovutkich orqali sirkulatsiya qi- lish, hamda sulfat kislota eritilgan atsetonning bug‘lanishi va so‘ngra uni kondensatsiyalanishi hisobiga amalga oshiriladi.
Izopropilbenzolni oksidlab fenol va atseton olish
texnologiyasi
Kumol usuli bilan fenol va atsetonlar olish prinsipial texnologik sxemasi 9-sxemada keltirilgan.
9-chizma. Fenol va atsetonlar olish bilan boradigan izopropilbenzolni ok- sidlash texnologik sxemasi.
Issiqlikni olish uchun suvi sirkulatsiya qilinadigan likopchalarga joylashtirilgan ilon izi quvurchalar-kolonnada oksidlash jarayoni olib boriladi. Siklga qaytarilgan IPB bilan ilk IPB aralashib, kolonnaning yuqori qismidan beriladi.
Oksidlash uchun aluminiy xloridda benzolni propilen bilan ok- sidlash orqali olingan IPB dan foydalaniladi, chunki uning tarkibida oksidlash jarayonini tormozlovchi olefinlar bo‘lmaydi. Kolonnaning yuqori qismida harorat 120°C da ushlab turiladi, kolonna pastiga tushgan sari u ham pasayadi va pastki qismida 108-110°C ga teng bo‘ladi.
83
Kolonnaning yuqorisidan chiqqan havo IPB dan holi qilinadi. Kolonnadan 20-25% gidroperoksid saqlagan oksidat chiqadi va u reaksiyaga kirishmay qolgan IPB dan haydash maqsadida vakuum kolonnaga yo‘naltiriladi. Haydash 30 mm. sim. ust. qoldiq bosimda va kolonnaning tubi temperaturasi 85-92°C da olib boriladi. Ishqor bilan ishlov berilib va quritilgandan so‘ng haydalgan IPB oksidlash- ga qaytariladi, gidroperoksid esa 70-75% kontsentratsiya bilan par- chalanishga yo‘naltiriladi. Ba’zan IPB GPini 90-92% konsentratsi- yagacha vakuum kolonnada qoldiq bosim - 10 mm sim.ust. va ko- lonna tubi 95°C bo‘lganda olinadi.
IPB GP ni parchalash 40-60°C haroratda olib boriladi. So‘ngra parchalanish mahsulotlari (PM) ishqor bilan neytrallanadi va rektifi- katsiyaga yo‘naltiriladi. U yerda oldin atseton, so‘ngra a-metilstirol va fenol hamda 7% gacha (fenolga nisbatan) hosil bo‘lgan yonaki mahsulotlar haydalib chiqadilar.
Nordon mahsulotlar mavjudligi bois apparatura zanglamas po‘latdan yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |