Fenol va atsetonlar olishning kumol usuli
Fenol va atsetonlar olishning kumol usuli ikki bosqichdan iborat:
Kumol (izopropilbenzol)ni izopropilbenzol gidroperoksidi (IPB GP)gacha oksidlash;
IPBGPni fenol va atsetonlarga kislota yordamida parchalash.
Birinchi bosqich (IPBni IPB GPgacha oksidlash)
Kumolni oksidlash havo yoki texnik kislorod bilan 110-120°C haroratda va 3-5 atmosfera bosimi ostida kobalt yoki marganets naf- tenatlari yoki rezinatlari-katalizatorlari ishtirokida olib boriladi:
-3
-
-3
110-120°C ►
3-5 atm
Gidroperoksid parchalanib yonaki mahsulotlar hosil bo‘lishini ol- dini olish maqsadida oksidlash 25-30% dan ortmaydigan chuqurlik- kacha olib boriladi.
81
Biroq shunday ehtiyotlikda ham oksidlash mahsulotlarida 1,7-2% gidroperoksid parchalanish mahsulotlari mavjud bo‘ladi.
Oksidlash soatiga 5-7% gidroperoksid hosil bo‘lish tezligi bilan boradi. 4 soatda jarayon 120°C haroratda, taxminan 30% gidroperoksid hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Izopropilbenzolni gidroperoksidga oksidlanish kinetikasi quyida- gicha xarakterlanadi.
Avvaliga ma’lum vaqt oksidlash jarayoni juda sekin kechadi, ushbu induksion davrda gidroperoksid yig‘ilib boradi, so‘ngra oksidlash tezligi keskin ortadi, oksidlashning ikkinchi soatidayoq oksi- datda gidroperoksidni vaqt o‘tishi bilan ortib boruvchi parchalanish mahsulotlari ko‘rina boshlaydi.
Induksion davrni qisqartirish uchun xomashyoga kam miqdorda (2-3 %) gidroperoksid, parchalanish mahsulotlarini hosil bo‘lishini pasaytirish uchun esa gidroperoksid yig‘ilishiga bog‘liq holida oksidlash kolonnasi haroratni uning balandligi bo‘yicha pasaytirilib bo- riladi.
Izopropilbenzolni oksidlash jarayoni ikki modifikatsiyada amalga oshirilishi mumkin:
emulgatorlar (natriy alkilsulfonati) qo‘llab suv-ishqor emulsi- yasi (1% konsentratsiyali soda eritmasi)da;
«quruq» usul deb nomlangan initsiatorlar ishtirokida toza izopropilbenzolni oksidlash. Rossiyada ikkinchi usul keng ishlatila- di.
Reaksiyaga kirgan izopropilbenzolga nisbatan IPB GP ni salmog‘i 95% gacha yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |