B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet50/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Bosimning ta’siri

Bosim kattaligi ikki omil bilan xarakterlanadi:


  1. etilenni o‘z parsial bosimi bilan;


  2. suv bug‘larining kondensatlanishi boshlanishi bilan.


Etilen parsial bosimining ortishi bilan reaksiya tezligi ortadi.

Katalizning faol boshlanishi sifatida yoyuvchi yuzida suyuq agregat holatda joylashgan va konsentratsiyasi katalizator yuzida suv bug‘ining tarangligiga bog‘liq holida bo‘lgan erkin fosfat kislotasi- dir.

Odatda, fosfat kislotaning konsentratsiyasi 83-85% oralig‘ida bo‘ladi. Agar suv bug‘ining tarangligi katalizator yuzida kuchli ortsa-suv bug‘lari kondensatlanadi va fosfat kislotani suyultiradi. Natijada spirtning salmog‘i keskin pasayadi. Shuning uchun sistema- ning umumiy bosimi (P) 70-75 atmosfera. Suv bug‘ining parsial bosimi PHO = 27 - 30 atmosfera. Etilenning parsial bosimi atmosfera.


P = 30 - 38


C2 H4
2.1.1.З. Suvning etilenga nisbatini ta’siri

Jarayonni belgilab beruvchi zarur omil - suvni etilenga nisbatan molli nisbatlaridir.


89


Amalda suvning etilenga molli nisbatlari 0,6-0,7:1 ga teng qilib ushlab turiladi. Bunday nisbatlarni tanlash fosfat kislotasi konsen- tratsiyasini 83-85% da saqlab turish bilan bog‘liq.


  1. Boshqa omillar ta’siri

Kontakt vaqti (hajmiy tezlikka teskari kattalik) - 18^20 sek, uning qiymatini orttirish etilenning konversiyasini oshirsada, reaksi- ya yonaki mahsulotlari miqdorini ham oshishiga olib keladi.

Etilenning hajmiy tezligi 1800-2000-soat-1, bir o‘tishda etilen konversiyasi 4-6%.

Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilish qurilmasi ish rejimi quyidagicha:

Umumiy bosim, 70-75 atmosfera.

Temperatura, 280-300°C.

Molli nisbat, H20/C2H4=0,7:1.

Kontakt vaqti, 18^20 sek.

Etilen hajmiy tezligi , 1800-2000 soat-1.

1m3 katalizatorda olingan spirt miqdori, 190-200 kg/soat.

Katalizator 500 soat ishlaydi, undan so‘ng fosfat kislota tez ketib qolishi oqibatida uning faolligi tushib ketadi, shu sababli jarayon paytida katalizatorga yangi H3P04 qo‘shib turiladi va uni regenerat- siyasiz xizmatini 900 soatgacha uzaytiriladi. Reaksiyaning yonaki mahsulotlari quyidagilardir: dietil efiri (C2H5-0-C2H5)-2%; atsetal- degid -1%; polimerlar -2%.

Etilen konversiyasining quyiligi va shu bois etilenning ko‘p marta sirkulatsiyasi - jarayonning jiddiy kamchiligidir. Ushbu kamchilik tozaligi 98% dan kam bo‘lmagan konsentrlangan etilenni majburan ishlatishni taqozo etadi.

Suyuq fazada etilenni suv bilan 250-300°C haroratda va 300 atmosfera bosimi ostida gidratatsiya qilish jarayoni ishlab chiqilgan. Katalizator sifatida silikagelda W203(15-20%) ishlatiladi.

Usulning afzalliklari: katalizator apparaturani korroziyaga uch- ratmaydi; suvni bug‘latishga va suv bug‘ini o‘ta qizdirishga katta miqdorda issiqlik sarfi talab qilinmaydi. Katalizator bug‘ fazadagi gidratatsiya uchun yaroqsizdir, chunki bu sharoitda u kam faoldir.

Usulning kamchiligi - katalizator narxining yuqoriligidan iborat.

90





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling