B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Oksosintez jarayoniga ta’sir etuvchi omillar
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiya uchun xomashyo
- Harorat va bosim
Oksosintez jarayoniga ta’sir etuvchi omillar
Oksosintez jarayoniga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: Xomashyo 3. Harorat, bosim Katalizator 4. Ilk moddalar nisbati. 98
Reaksiya uchun xomashyo Reaksiya uchun xomashyo sifatida oxirgi atomida qo‘shbog‘i bo‘lgan, asosan, izomerlardan tashkil topgan kreking jarayoni a-olefinlari xizmat qiladi. Xomashyo tarkibida oksosintez jarayoniga xalaqit qilmasa ham oltingugurtli birikmalar bo‘lmasligi shart, chun- ki ular keyingi bosqichdagi aldegidlarni spirtga gidrogenlanishiga zarar keltiradi. Shu bilan birga reaksiya mahsulotlarida erigan kobalt karbonillarini ham parchalaydi. Ammiak va aminlar oksosintez reak- siyasini tormozlaydi. Ishlatiladigan sintez-gaz (CO+H2) miqdori 7 dan 10% gacha teb- ranib turuvchi turli qo‘shimchalarga ega. Ularga: metan (CH4), karbonat angdrid (C02), azot kiradi. Reaksiyaga metan va azot deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi, karbonat angidridi esa hosil bo‘ladigan kobalt karbonillarini dezfaollaydi. Sintez-gaz suv bug‘ini o‘ta qizdirilgan (1000°C) ko‘mirdan o‘tkazish yoki metanni suv bug‘i bilan konversiya qilish yo‘llari bilan olinadi. Katalizator Katalizator sifatida temir, nikel, ruteniy, rodiy, iridiy, kobalt kar- bonillari ishlatilishi mumkin. Sanoat ko‘lamida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan pemzadagi kobalt metali, kobalt karbonillari hamda kobalt tuzlari ishlatiladi. Reaksiya sharoitlarida kobalt bir necha xil karbonillar holida ish- tirok etishi mumkin: Dikobalt oktakarbonil Co2(CO)8. Kobaltgidrokarbonil CoH(CO)4. Harorat va bosim Oksosintez reaksiyasi issiqlik ajralib chiqishi G=28 kkal/mol bilan ketadi va reaktor issiqlik rejimini ushlab turish ahamiyatli vazifa- dir. Ishlatiladigan harorat oralig‘i 110-180°C. 100°C dan past haro- ratda reaksiyaning tezligi past, 180°C dan yuqorida yonaki mahsulot- lar miqdori anchagina o‘sadi hamda izo tuzilishli aldegidlar salmog‘i ham ko‘tariladi. Bundan tashqari, harorat ortishi bilan aldegidlarni gidrogenlanishi tezlashadi, natijada faqat spirtlar hosil bo‘lishi mum- 99
kin. Vengriya neft institutining yuqori yog‘ spirtlarni olishning bir pog‘onali sxemasi shu asosdadir. Reaksiya olib borilayotganda kobalt karbonillari katalizatorning stabilligini ta’minlovchi sharoitlarga amal qilish ahamiyatli bo‘ladi. U uglerod oksidi atmosferasida turg‘un, biroq harorat ko‘tarilishi bilan parchalanishi mumkin: So2(SO)8 125 °c > 2So+8SO 2SoH(SO)4 < 150 °c > 2So+H2+8SO Reaksiyani yo‘nalishi CO ning temperaturasi va parsial bosimi (RSO) bilan aniqlanadi. Yuqori bosim (RSO)larda kobalt karbonillari hosil bo‘ladi, quyilarda esa ularning parchalanishi vujudga keladi. Harorat ortishi bilan kobalt karbonillarini saqlab qolish maqsadida uglerod oksidi (CO) parsial bosimini orttirish lozimligi aniqlangan. Oksosintez reaksiyasi tezligi vodorodning partsial bosimiga to‘g‘ri chiziqli bog‘liq. Sistemaning umumiy bosimi 150-180 atmosfera.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling