Kislorod miqdorining ta’siri
Erituvchi ishtirokisiz va gaz holidagi kislorod bilan initsirlangan etilenni polimerlashda olinadigan mahsulot xossalariga kislorod miq- dori anchagina ta’sir qiladi. Q‘attiq yuqori molekular polietilen olish uchun kislorod miqdorini imkoniyat darajasida past ushlab turish lozim, bunda uning pastki chegarasi reaksiyaning tezligi bilan belgi- lanadi. Amalda yuqori molekular polietilenni sanoat miqyosida ish- lab chiqarishda etilendagi kislorod miqdori 0,1-0,04% chegarasida yotadi. Demak, tayyor polimer qurilmani ishlash sharoitiga bog‘liq holida o‘z tarkibida 0,1-0,04% kislorodi bo‘ladi.
112
Kislorodning miqdori, % da
|
0,01
|
0,04
|
0,07
|
0,13
|
0,16
|
Polietilenning o‘rtacha molekular og‘irligi
|
18000
|
15000
|
12000
|
10000
|
Parchalanish,
portlash
|
Kislorod konsentratsiyasi ortishi bilan reaksiyaning tezligi ortadi, biroq molekular og‘irlik pasayadi va polietilen xossalari yomonla- shadi (9-jadval). 250-300°C, 700-800 atmosfera va 0,5% kislorod- da polimerizatsiya natijasida qattiq mumsimon modda hosil bo‘ladi. Agar ilk etilendagi kislorod miqdori yanada ko‘proq, masalan, 1-2% ga orttirilsa, bosim esa 500-600 atmosfera gacha pasaytirilsa, 300°C haroratda vazelinga o‘xshash mahsulotlar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |