B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


-chizma. Yuqori bosimli polietilen ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi


Download 0.74 Mb.
bet68/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

12-chizma. Yuqori bosimli polietilen ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi. 1-birinchi kaskad kompressori; 2-ikkinchi kaskad kompressori; 3-reaktor; 4-yuqori bosim ajratkichi; 5-quyi bosim ajratkichi; 6-siklonli separator; 7-uch pog‘onali sovitkich; 8-qaytarma etilenni quruq usulda tozalash kolon- nasi.

114


Reaksiyalarni boshqarish davriy ravishda topshiriq bo‘yicha 1-2 sekund ichida reaktordagi bosimni 200-400 atmosferaga pa- saytiruvchi avtomatik noinersion drosselli klapan yordamida amalga oshiriladi.

Davriy drossellashda reaksion massaning harorati bosimning tu- shishi oqibatida sovish hisobiga asosan, reaksiya tezligining pasayis- hi hisobiga pasayadi. Bundan tashqari, etilenning ko‘p, kam bo‘lib turuvchi oqimi reaktor devoridan polietilen plyonkani yuvib turadi.

Birinchi kaskad kompressori yordamida 0,01% kislorod saqlov- chi etilen 320 atmosfera bosimgacha siqiladi, so‘ng ikkinchi kaskad kompressori yordamida gaz 1500 atmosferagacha siqilib, uch zonaga ajratilgan 3-reaktorga yuboriladi. Etilen reaktorga 35°C da keladi va oldindan isitish zonasida 150°C gacha isiydi, so‘ngra ikkinchi zonada qo‘shimcha 185°C gacha isiydi va 185-240°C da polimerlanadi (reaksiya zonasi). Uchinchi zonada 235°C gacha sovitiladi. Reaksiya issiqligi 200°C ga yaqin haroratli issiq suv bilan olib ketiladi. Qu- vurchalarning ichki devorlari 175°C dan past haroratda polimer bilan qoplana boshlashi issiqlikni keyingi olib ketilishida murakkablik yu- zaga kelishi va polimerni destruksiyasiga olib kelishi bois, sovuq suv bilan sovitish imkoniyati yo‘qoladi.

Reaksiya mahsulotlari reaktordan bosimni 320 atmosferaga- cha pasaytiradigan drossel klapani orqali 4-isitiladigan yuqori bo- sim ajratkichiga keladi. Reaksiyaga kirishmay qolgan etilen polimerni changdan ajratuvchi 6-isitiluvchi siklonli ajratkichlarga yo‘naltiriladi.

Odatda, bir nechta separator o‘rnatilib, gaz biridan ikkinchisi- ga 7-uch pog‘onali sovitkich orqali o‘tadi. Ajratkichlardan chiqqan gaz 8-quruq usulda tozalash kolonnasidan o‘tib, C02 va formalde- gid shamotdagi kaliy ishqori yordamida tozalanadi, so‘ng sovitilib (kolonnada harorat - 50°C) kompressiyaga keladi. 1500 atmosfera bosimi bilan siqilgan gaz jarayonga qaytariladi. Polimer yuqori bo- sim ajratkichdan absolut bosimni 1-6 atmosferagacha pasaytiruvchi drossel orqali 5-quyi bosim ajratkichiga beriladi. Drossellashda temperatura 220°C dan 180-200°C gacha pasayadi. Etilen quyi bosim ajratkichidan siqishga yuboriladi va jarayonga qaytariladi.

Reaktorning issiqlik rejimi buzilganda ehtiyot klapani avtomatik ravishda ishlab ketadi va gazni atmosferaga chiqarib yuboradi. Gaz etilenning konsentratsiyasini kerakli chegarada ushlab turish va


115


qo‘shimchalar to‘planib qolishini oldini olish maqsadida davriy ra- vishda puflab tashlanadi (gazning bir qismi gaz ajratish qurilmasiga chiqarib tashlanadi).

Bir o‘tishda etilenning konversiyasi yuqori bo‘lmaganligi sababli resirkulatsiya gazi ulushi 90% ni tashkil etadi.





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling