B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Yuqori bosim polietileni xossalari
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ion polimerizatsiya
1.1.1.5. Yuqori bosim polietileni xossalari
Polietilen yuqori molekular parafindir. Polietilen molekulasi uchun yakkam-dukkam yonaki metil guruhlari bo‘lgan (1000 atom uglerodga 21,3 ta) chiziqli tarmoqlanmagan tuzilish xarakterlidir. Odatdagi temperaturali sharoitlarda yuqori bosim polietileni 5570% kristallik va 30-45% amorf qismlardan tarkib topgan. Polietilen tashqi ko‘rinish bo‘yicha qattiq oq shoxsimon mahsulot bo‘lib, ush- lab ko‘rilganda parafinni eslatadi.
117
Polietilen fizik xossalari. Quyi zichlik (eng yengil polimerlardan biri), uzilishga yuqori mustahkamlik, quyi haroratlarda a’lo darajada egiluvchanlik, issiqlik orqali parchalanish uchun yuqori temperatura. Polietilenning kimyoviy xossalari. Konsentrlangan kislota va ishqorlar ta’siriga a’lo darajada qarshilik, turli moy va erituvchilar ta’siriga yaxshi qarshilik, namlikning uncha ko‘p bo‘lmagan (ozgi- na) adsorbsiyasi, suv bug‘larini o‘tib ketishiga juda yuqori qarshilik. Polietilenning dielektrik xossalari. O‘ta past dielektrik yo‘qo- tishlar, quyi dielektrik doimiysi, yuqori elektrik mustahkamlik, yuqori nisbiy hajmiy qarshilik.
Ion polimerizatsiya Biz yuqorida ko‘rib chiqqan radikal polimerizatsiyada initsirlash bosqichi hisoblangan jarayonning faqat boshlang‘ich bosqichiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Biroq polimerlarning xossalari, ularning tuzilishi radikal polimerizatsiyada amalda ta’sir o‘tkaza olmaydigan zanjirni o‘sish bosqichiga bog‘liqdir. Radikal polimerizatsiyadan farqli o‘laroq, ion polimerizatsiya, ya’ni katalitik polimerizatsiyada uning sharoitini o‘zgartirib (katali- zator va muhitni) zanjirni o‘sish jarayoniga ta’sir o‘tkazish mumkin va shu yo‘l bilan ma’lum tuzilishga ega bo‘lgan hamda natijada ilga- ridan aniq belgilab qo‘yilgan xossali polimer olish mumkin. Ion polimerizatsiya jarayoni musbat yoki manfiy zaryadlangan uch valentli uglerod ioni saqlagan ionlar hosil bo‘lishi orqali ketadi. Uch valentli uglerod zaryadi ishorasidan kelib chiqqan holida kation yoki anion polimerizatsiyalar farqlanadi. Kation polimerizatsiya katalizatorlari vazifasini kuchli kislotalar, metall galogenidlari (Fridel-Krafs katalizatorlari) bajaradi. Anion polimerizatsiya katalizatorlari sifatida ishqoriy metallar, asoslar, metallorganik birikmalar va shu kabilar ishlatiladi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling