B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Polipropilen polimerlarining xossalari


Download 0.74 Mb.
bet78/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Polipropilen polimerlarining xossalari

Polimer xossalari uning tuzilishiga bog‘liqdir. Masalan, stereoregular tuzilishli polimerlar yuqoriroq erish temperaturasi (ataktik- dagi 125-130 °C ga qarshi 160-170°C)ga, yuqoriroq mexanik xos- salarga egadir. Ushbu tuzilishli polimerlar erituvchi bilan kontaktda bo‘lganda o‘zlarini turlicha tutadilar. Masalan, ataktik polipropilen efirda eriydi. Shu bois, polipropilenni quyidagi fraksiyalarga fraksi- yalab tashlash mumkin:


  1. fraksiya - efir bilan ajratib olinadi va ataktik tuzilishni namoyon qiladi (molekular og‘irligi 20-30 ming);


  2. fraksiya - odatdagi haroratda geptan bilan ajratib olinadi va ataktik fraksiya bilan quyimolekular stereoregular fraksiya (molekular og‘irligi 30-40 ming)ni o‘z ichiga oladi;


  3. fraksiya - odatdagi haroratda geptanda erimaydi va stereoregular fraksiya (molekular og‘irligi 40 mingdan ortiq)dan iborat bo‘ladi.


Fraksiyaga ajratishni yanada davom ettirish mumkin, ya’ni geptanda erishini hisobga olgan holida stereoblokli tuzilmani izotaktikli- dan ajratish mumkin. Yuqoriroq haroratda izotaktik polimer aromatik uglevodorodlarda eriydi.

Stereoregular polipropilen zichligi 0,92g/sm3 bo‘lib, ataktik frak- siyaniki esa 0,85 g/sm3 dir.

Stereoregular fraksiya texnik propilen tarkibida 80-93% gacha yetadi.

Polipropilen ko‘pchilik xossalari bilan polietilenga yaqin, biroq o‘zi uchun spetsifik xossalari ham mavjuddir. Masalan, makromo- lekulalar tarmoqlanganligi tufayli polipropilen yuqori kristallik da- rajasi (80-90%)da yuqori bo‘lmagan zichlik (0,90-0,92)ga ega, shu bois undan tayyorlangan buyumlar mexanik mustahkamlik bo‘yicha

130


yuqori zichlikdagi polietilendan qolishmaydi va anchagina yengil bo‘ladi. Odatdagi haroratda polipropilen polietilenga nisbatan elas- tikroqdir. Polipropilen polietilenga ko‘ra issiqlikka chidamliroq ma- terialdir, biroq uning salbiy sifati sovuqqa chidamliligi quyidir.

Polipropilenning oksidlanishga chidamliligi polietilennikiga nis- batan anchagina past, bu esa uning makromolekulasida uchlamchi uglerod atomlari ko‘p miqdordaligi bilan tushuntiriladi. Shu bois polipropilen uchun antioksidantlarni ishlatish lozim bo‘ladi.

Polipropilenda yuqori elastiklik bilan quyi zichlikni birga keli- shi hamda aniq yo‘naltirilgan orientatsiya orqali polipropilen me- xanik xossalarini yaxshilash qobiliyati, uning kimyoviy barqarorli- gi bo‘yicha poliamid tolalaridan ustun bo‘lgan sintetik tola olishda qimmatli xomashyo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, polipropilen tolalar poliamid tolalarga nisbatan anchagina arzon bo‘lib (9 marta), mustahkamligi bo‘yicha teng.

Polipropilen turli buyumlarni tayyorlashda ishlatilib, polietilen- ning ishlatilishi bo‘limida eslatib o‘tilgan.

Polipropilen o‘zining yuqoriroq mexanik xossalari va kattaroq issiqlikka chidamliligi (propilendan tayyorlangan buyumlar yuksiz -160°C haroratni o‘z formasini o‘zgartirmay saqlaydi) bois quvurlar, sisternalar, podshipnik vkladishlari va shu kabilar tayyorlashda ish- latiladi.

Biz ko‘rib chiqqan poliolefinlardan tashqari, oxirgi vaqtda eti- len va propilenga nisbatan boshqa yuqori molekular olefinlar aso- sida polimerlar olish keng amalga oshirila boshladi. Xususan, 4-metilpenten-1, buten-1, 3-metilbuten-1, vinilsiklogeksan va boshqa a-olefinlar amaliyotda o‘z o‘rnini topdi.

Tarmoqlangan tuzilishli a-olefinlar ishlatish bir tomondan po- limerizatsiya jarayonini qiyinlashtirsa, ammo ikkinchi tomondan qiyinroq eriydigan polimerlarni olish imkonini beradi. Masa- lan, penten-1 polimerining erish harorati 80°C atrofida bo‘lsa, 3-metilbuten-1 niki (bunda ham 5 uglerod atomi) esa 240°C va shu kabilar.

Ushbu polimerlar hali keng sanoat miqyosida ishlab chiqarilga- nicha yo‘q, ularning ayrimlari yarim sanoat ishlab chiqarish bosqi- chida turibdi. Bu esa yuqori konsentratsiyali monomerlar olishning qiyinligi bilan tushuntiriladi.

Etilen bilan propilenni sopolimerlarini ishlab chiqarish jarayonla-

131


ri sanoat rivojiga ega bo‘ldi. Jarayonni qanday olib borilishiga qarab kauchuksifat moddalar yoki plastmassalar olinadi.

Etilen bilan propilenni Al(C6H13)3+ Al(C6H5) va VCl4 da sopo- limerlab, 30 dan 70% gacha C3H6 bo‘lgan SKEP kauchugi olinadi. Olingan polimer amorf tuzilishga va kauchuk xususiyatiga ega. To‘yingan xarakterliligi bois bunday kauchuk vulkanizatsiyaga yon bermaydi. Shu sababli ushbu aralashmaga qo‘shbog‘ va vulkanizat- siya qobiliyatini beruvchi butadien kiritiladi.

Kristallik sopolimer olish uchun monomer navbatma navbat poli- merizatsiyaga uchratiladi, avval propilenni polimerizatsiyasi amalga oshiriladi, so‘ng reaktorga etilen kiritiladi. Agar ikkinchi monomer qiyinroq polimerlansa degazatsiya qilinadi, ya’ni birinchi monomer- ni chiqarib tashlab, ikkinchi monomer kiritiladi.

Bunday polimerlar xossalari turli xarakterga ega bo‘ladi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling