B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet80/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

PoHvinilxlorid

Vinilxlorid asosida olingan polimerlar eng ko‘p tarqalgan.

Ilk monomer bo‘lmish vinilxlorid bir nechta usullar bilan olinadi: etilendan yoki atsetilendan. Oxirgi usul eng arzon vinilxlorid olish imkoniyatini beradi.

Vinilxloridni polimerizatsiyalash, odatda, emulsion polimerizat- siya usuli bilan kaliy persulfat, vodorod peroksid initsiatorlari ishti- rokida olib boriladi, suspenzion polimerizatsiya holida esa organik peroksidlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Jarayon 30-60°C haroratda va 10 atmosferaga yaqin bosimda ke- tadi. Polivinilxloridning molekular og‘irligi, polimerizatsiya harorati qancha past bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi.

Polivinilxlorid amorf, o‘ta qattiq material, u uglevodorodlarning galoidli hosilalarida eriydi, oksidlovchilar va konsentrlangan ishqorlar ta’sirida parchalanadi, ammo kislota va tuzlar ta’siriga chidamli. Polivinilxloridning katta kamchiligi - past termik chidamlilik: 145°C da degidroxlorlash boshlanib, ushbu harorat buyumga mumkin bo‘lgan shakl berish harorati (165-170°C)dan past. Shu bois, polimerga shakl berishdan avval polimerning destruksiyasini tezlatuvchi ajralib chiqa- yotgan vodorod xloridni bog‘lovchi, stabilizatorlar qo‘shiladi. Polivi- nilxlorid stabilizatorlar bilan birgalikda viniplast deb nomlanadi va u turli buyumlar, shu jumladan, quvurlar tayyorlashda keng ishlatiladi.

Polivinilxlorid va undan tayyorlangan quvurlar chiviqli payvand- lash usuli bilan oson payvandlanadi, bunda chiviqlar polivinilxlorid- ni o‘zidan tayyorlanadi.

Polivinilxlorid kimyoviy chidamliligi bois yuqori bo‘lmagan ha- roratli turli kimyoviy jarayonlarda reaktor ichini qoplash (futerovka) da ishlatiladi.

Polivinilxloridning kamchiligi 65°C haroratda yuk ta’sirida sirg‘alishidir.

Polivinilxlorid plastifitsirlangan holatda ham ishlatilishi mumkin, plastifikator sifatida dibutilftalat ishlatiladi.

Polvinilxloridni xlorlab metallga o‘ta yuqori adgeziyaga ega bo‘lgan pervinilxlorid smolasi olinadi va polivinilxloridni metallga yopishtiruvchi yelim sifatida, lakli qoplama hamda «xlorin» tolasini olishda ishlatiladi.

135


Polixlorvinildan penoplastlar ham tayyorlanadi.



    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling