Polipropilen stereoizomerlari
Ilgari poliolefinlar uchun noma’lum bo‘lgan stereoizomeriya ho- disasi polipropilenda ochildi.
Ushbu izomeriya asosiy uglerod zanjiriga nisbatan metil guruh- larini joylashishiga qarab xarakterlanadi. Polipropilenning quyidagi tuzilishli ko‘rinishlari farqlanadi:
-CH2 (CH3 ) - CH2 - CH2 (CH3 ) -
-CH(CH3) -CH2 - CH(CH3) -CH(CH3) -CH2 -
-CH (CH3 ) - CH2 - CH (CH3 ) - CH (CH3 ) - CH2 -
Bundan tashqari, polipropilenda stereoblok deb nomlangan tuzi- lish mavjud bo‘lib, bunda makromolekulaning alohida bir qismlari izotaktik, boshqalari esa sindiotaktik tuzilishga ega bo‘ladi.
Katalitik sistemaga bog‘liq ravishda ko‘proq u yoki boshqa tuzi- lish hosil bo‘ladi: umum qabul qilingan Al(C2H5)3 va TiCl3 sistemasi
129
mavjudligida, asosan izotaktik tuzilishdagi polimer; dibutilaluminiy xlorid hamda VCl4 ishtirokida va polimerizatsiyani quyi temperatura (-40^78°C)da polar erituvchilarda olib borilsa, asosan, sindiotaktik polimer; va nihoyat, Al(C2H5)3 va TiCl4 ishtirokida - ataktik polimer olinib, TiCl4 ishlatilganda hosil bo‘lgan polimerni quyi kristallik da- rajaliligi bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |