B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Alumomolebden katalizatorida polimerlash
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.2.З. Nikelli katalizatorda polimerlash
- Polietilen xossalarini taqqoslash
- Poliolefinlarning ishlatilishi
Alumomolebden katalizatorida polimerlash
Ushbu jarayon 130-260°C haroratda va 70 atmosferaga yaqin bosim ostida olib boriladi. Katalizator - yoyuvchi aluminiy oksi- didagi molibden oksidi Mo03 dan tashkil topgan, molibden oksidi esa 5-8% ni tashkil etadi. Jarayonni o‘tkazishdan avval katalizator vodorod oqimida 430-480°C da faollanadi, ko‘rinib turibdiki, mo- libdenning yuqori valentliklari quyigacha qisman qaytariladi, ya’ni u ham xrom oksidi katalizatoriga o‘xshab oksidlar aralashmasidan iboratdir. Ba’zan katalizatorga promotorlar (ishqoriy va ishqoriy yer metallari gidridlari va karbidlari) qo‘shiladi. Molibden oksidi bilan bir qatorda vanadiy oksidi ham ishlatilishi mumkin. Amalda jarayonni texnologik rasmiylashtirish xrom oksidi katali- zatorli jarayonnikidan farq qilmaydi.
O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarishning ushbu holidagi usu- li 70 atmosfera bosimi ostida va 100-200°C da amalga oshiriladi. Jarayonni katalizatori sifatida faollangan pista ko‘mir-yoyuvchidagi metalli nikel yoki kobaltlar xizmat qiladi. Katalizatordagi nikel- ning miqdori 3 dan 10% gacha ortadi. Katalizator ishqoriy metall 124
125
Poliolefinlarning ishlatilishi Hozirgi vaqtda amalda poliolefinlar ishlatilmagan xalq xo‘ja- ligining hech bir sohasi yo‘q. Yuqori bosim polietileni ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Polietilen yuqori dielektrik xossalari suv bug‘larini kam o‘tkazuvchanlik, uni turli aloqa vositalari (telefon, telegraf)da ishlatiluvchi elektr simlari va kabellarni izolatsiyalashda, signal qu- rilmalarda, dispetcherlik, teleboshqarish sistemalarida, yuqori chas- totali qurilmalarda, yuqori kuchlanish texnikasida, suvda ishlaydigan dvigatel o‘tkazgich simlarini o‘rashda hamda suv osti kabellarini izolatsiya qilishda keng ishlatiladi. Polietilen bilan izolatsiya qilingan kabel kauchukli izolatsiyaga nisbatan afzalliklarga ega. U yengilroq, ko‘proq egiluvchan, kattaroq teshib o‘tish kuchlanishiga ega. Hamma mavjud plastmassa tiplaridan ko‘ra polietilen quvurlar tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladi. Polietilen quvurlari yengil, korro- ziyaga chidamli, suyuqlik harakatiga kichkina qarshilik, montaj qi- lishni soddaligi, egiluvchan, sovuqqa chidamli, payvandlashni oson- ligi kabi xususiyatlarga ega. Polietilen quvurlar o‘z kimyoviy chidamliliklari va elastiklikla- ri tufayli suvni, tuz va ishqorni, kislotalarni transportirovka qilishda, ichki va tashqi suv o‘tkazish tarmog‘ini barpo etishda, sut va 126
sharbatlarni uzatishda, irrigatsiya sistemalarida va sun’iy yomg‘ir yog‘dirish qurilmalarida ishlatiladi. Yuqori bosim polietilenli quvur- lar 60°C da, quyi bosimdagisi esa 100°C haroratgacha ishlashi mum- kin. Bunday quvurlar quyi haroratlarda (-60°C gacha) va suv muz- laganda ham buzilib ketmaydi; ularning daydi elektr toklari orqali bo‘ladigan tuproq korroziyasiga ta’siri yo‘q. Yuqori bosim polietilenining ko‘proq qismi boshqa plyonkalar (sellofanli, polivinilxloridli) bilan konkurent bo‘lib, qadoqlovchi material sifatida kamroq qismi esa sumkalar, qoplar tayyorlashda, qutilarning yuzini qoplashda ishlatiladi. Plyonkadan tayyorlan- gan qoplar turli mashina mexanik detallarini korroziyadan saqlash maqsadlarida qadoqlash uchun yaroqli. Suv bug‘lariga nisba- tan kichik o‘tkazuvchanlik, ammo kislorodga nisbatan esa yuqori o‘tkazuvchanlik, egiluvchanlik, toksik emaslik, hidining yo‘qligi - muzlagan go‘sht va tovuqlarni qadoqlashda yuqori bosim ostida po- lietilenning ishlatilishiga asosiy omillardan. Polietilendan plyonka 30 km balandlikkacha ko‘tariladigan aerostatlarni va atmosferaning yuqori qavatlarida meteorologik va boshqa izlanishlar olib borishda ishlatiladigan ballonlarni tayyorlashda foydalaniladi. Magistral neft va gaz quvurlarini korroziyadan himoya qilishda katta iqtisodiy samara beradi. Qishloq xo‘jaligida shaffof va qora polietilen plyonkalari ishlatila boshlandi. Shaffof plyonkalar issiqxona va bug‘xonalarda oynani al- mashtirishda foydalaniladi. Qora plyonka sabzavotlar yetishtirishda issiqlikni ushlab qolish maqsadida ekin yuzini qoplash uchun xizmat qiladi, shu kabi silos tayyorlanadigan chuqurliklarni, suv havzalari va kanallarning devorlarini qoplashda ishlatiladi. Polietilen plyonkasi hosilni, qishloq xo‘jalik mashinalarini saq- lashda joylardagi devorining tomini yopuvchi material sifatida tobo- ra ko‘proq ishlatilyapti. Polietilen plyonka qurilishda imorat fundamenti asosini va nam- dan qotish paytida beton himoyasida ishlatiladi. Polietilen va polipropilenlar filtrlaydigan to‘qimalar, mebel g‘iloflari, arqonlar, brezentlar, baliq tutadigan to‘rlar tayyorlashga yaroqli tolalarga qayta ishlanishi mumkin. Poliolefin asosidagi tolalar suv shimmaydi, demak, ular ho‘l- langanda mustahkamligi o‘zgarmaydi. Ular ishqorlar, kislotalar (bundan nitrat kislota mustasno) ta’siriga chidamli.
127
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling