Ftoroplastlar
Plastmassalarni eng qiziqarli xillaridan va noyob xossalarga ega- laridan biri ftoroplastlardir. Ftoroplastlarni olishda ilk monomerlar: tetraftoretilen, uni polimerlab ftoroplast-4 yoki teflon nomi bilan ma’lum bo‘lgan politetraftor etilen olinadi:
nCF = CF2 -CF2 -]
uchftorxloretilen, uni polimerlab ftoroplast-3 deb nomlanuvchi poli- uchftorxloretilen olinadi:
nCF2 = CFCl ^ [-CF2 - CFCl -]n
Polimerlar, odatda, emulsion usul bilan suvda kaliy persulfat yoki vodorod peroksid initsiatorlari ishtirokida olinadi.
Ftoroplast-4 xira oq material bo‘lib, mumsimon yuzaga ega.
O‘zining tanho sifatlari: hech bir polimerda mavjud bo‘lmagan yuqori dielektrik xossalari, yuqori kimyoviy chidamlilik va yuqo- ri (300°C gacha) hamda quyi (-250°C gacha) haroratlarda ish qo- biliyatlarini saqlab qolishi turli-tuman qo‘llanishlarga olib keladi; ftoroplast-4 ni ijobiy xususiyatlariga o‘ta quyi ishqalanish koeffitsi- entiga ega ekanligi, ayniqsa, po‘lat yuzada. Bu ftoroplast-4 ni moy- lash talab qilinmaydigan podshipnik vkladishlarini tayyorlash imko- niyatini beradi.
Ftoroplast-4 ni o‘ta jiddiy kamchiligi sifatida yuk ta’sirida, hatto- ki odatdagi haroratda (sovuqda oquvchanlik) ko‘tarilib ketgan plas- tiklikni hamda uni qayta ishlash qiyinligini ko‘rsatish mumkin.
Ftoroplast-3 ftoroplast-4 ga nisbatan kimyoviy chidamliligi bilan, yuqori va past haroratda ish qobiliyati bilan bir qancha past keladi. Biroq ftoroplast-3 ayrim afzalliklarga ham ega, ulardan eng boshi -250-275°C da yopishqoq-oquvchanlik holatga o‘tish qobiliyati bo‘lib, undan bosim va presslab quyish yo‘li bilan buyumlar yasash imkoniyatini beradi.
Ftoroplast-3, shu bilan birga, ikki marta ortiq mexanik mustah- kamlik va qattiqlikka ham ega bo‘ladi.
136
METODIK QO‘LLANMA
Do'stlaringiz bilan baham: |