B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
ORGANIK MODDALARNING SINTEZ QILINISH METODLARI
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
ORGANIK MODDALARNING SINTEZ QILINISH METODLARI
Galogenlanish reaksiyalari Organik birikma tarkibida uglerod-galogen bog‘lanish yuzaga chiqib, galogenli hosilalar paydo bo‘ladigan reaksiyalar galogenlanish reaksiyalari deb ataladi. Galogenlanish reaksiyalarini quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
1) vodorod atomlari o‘rnini galogenga almashtirish (bevosita galogenlanish); ON guruhini galogenga almashtirish; tarkibida karbonil bo‘lgan birikmalardagi kislorodni galogenga almashtirish; bir tur gal ogen o‘rniga boshqa tur gal ogen kiritish. Biriktirib olish reaksiyalari: karrali bog‘lanishga galogen kelib qo‘shilishi; karrali bog‘lanishga vodorod galogenid kelib qo‘shilishi; Bevosita galogenlanishni bironta erkin holdagi galogen galo- genlar aralashmasi (Br + Cl) yoki erkin galogen yaratiladigan generator ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Alkanlarda vodorod atomlarini galogenga almashtirish erkin - radikal mexanizmga muvofiq sodir bo‘ladi: Cl2 hv ^ Cl* + Cl* Cl* +CH4 ^ CH3 + HCl CH3 + Cl2 ^ CH3Cl + Cl* Aromatik uglevodorodlarning galogenlanishi ko‘pchilik hollarda ion-mexanizmga muvofiq sodir bo‘ladi. Aromatik uglevodorod so- vuq sharoitda katalizator ishtirokida galogenlanganida galogen atomi aromatik yadro tomonga tortiladi; katalizator ishtirokisiz yorug‘da yoki isitilsa galogen atomi aromatik birikmadagi yonaki zanjirga boradi: 140
С6Н5СНз С6Н5СНз CL2 sov. katal СН4 (Cl) СН3 + HCl CL
2
сн5 сн2сі +На Spirt molekulasida gidroksilning galogenga almashinishi quyi- dagi jadvalga muvofiq sodir bo‘ladi: ROH + HX RX + H2O (bu yerda X - galogen Cl, Br, J) ROH + PCl ^ RC + POCl3 + На 3ROH + PJ3 ^ 3RJ + H3P04 Galogenning kelib qo‘shilish reaksiyasi past haroratda va hech qanday tashqi ta’sirsiz amalga oshadi: R - CH = CH - R' + Br R - CH -CH - R' a I Br Br va radikal yoki ion xarakterga (mexanizmga) ega bo‘lishi mumkin. Iod - hammadan oson qo‘shiladi, xlor esa eng qiyin qo‘shiladi. Vodorod galogenidlarning qo‘shilishi galogenlarning qo‘shi- lishiga qaraganda sustlik bilan sodir bo‘ladi. Vodorod iodid eng oson qo‘shilgani holda vodorod xlorid birmuncha qiyinchi- lik bilan qo‘shiladi. Alkenlar bilan vodorod galogenlar orasidagi reaksiyalarga (Markovnikoz qoidasiga muvofiq) vodorod atomi atrofida vodorod atomlari eng ko‘p bo‘lgan (ya’ni yuqori darajada gidrogenlargan) uglerod atomiga borib qo‘shiladi: Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling