B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet67/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

1.1.1.1.З. Reaksiya vaqtining ta’siri

Etilenning polietilenga aylanishi reaksiyaning davomiyligiga bog‘liq bo‘lib, etilen konsentratsiyasini va etilen bilan o‘sib boruv- chi polimer molekulalarini o‘zaro to‘qnashish ehtimolining kamayi- shi oqibatida zanjir o‘sishini so‘nib borishiga olib keladi. Kerakli vaqt 1-3 daqiqa. Amalda bo‘lish vaqti 2-6 daqiqa.




  1. Etilenni polimerlashda issiqlikni olib chiqib ketish usullari

Etilenning polimerlash jarayoni yuqori ekzotermik reaksiya bo‘lib, uning issiqlik effekti 1 kg etilenga nisbatan 860 kkal ga teng. Shu bois reaktor samarali issiqlik olib chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu reaktorlar konstruksiyasini yaratishdagi asosiy ish hisoblanadi. Issiqlikni olib chiqib ketish imkoniyati etilen konversi- yasini chegaralaydi.

Jarayonni texnologik bezashga bog‘liq holda sanoatda issiqlik olib chiqib ketishning ikki usuli ishlatiladi: reaktor devori orqali so- vituvchi suv yordamida va reaktorga sovitilgan monomerni purkash yo‘li bilan.

113


1.1.1.З. Jarayonni texnologik bejash

Hozirgi vaqtda sanoatda yuqori bosim ostida polietilen olish jara- yonini apparatura bilan bejashda ikki usul mavjud:


  1. Ilon izi tipli quvurchali reaktor bilan.


  2. Aralashtirgichli reaktor bilan.


Har bir usul o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘lib, ularni ko‘rib chiqamiz.


Quvurchali tipdagi reaktor

Quvurchali reaktorda issiqlik «ko‘ylak»da sirkulatsiya qilinadi- gan issiq suv bilan olib chiqib ketiladi. Reaksiya issiqligining bir qismi polimerizatsion aralashmani reaktordan chiqish temperatura- sigacha isitish uchun ketadi. Biroq suv bilan issiqlikni olib chiqib ketish reaktor qalin devori orqali issiqlik uzatish bilan chegaralana- di. Reaktor quvurchalarining kattagina issiqlik inersiyasi oqibatida reaksion massa ayrim joylarida o‘ta qizish hollari sodir bo‘ladi va bir necha sekund ichida etilen hamda polietilenlar qurum hosil qilib parchalana boshlashi mumkin. Ushbu sharoitda barcha sovitish sistemasi kechikadi.

Quvurchali reaktorlarda moddalarning birini ikkinchisiga ayla- nish «chuqurligi» 8-15% ni tashkil etadi.

12-chizmada quvurchali (yoki ilon izi) reaktorda yuqori bosimda etilenni polimerlash texnologik sxemasi keltirilgan.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling