B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
2.2.3. Аsosiy apparatlar
1. Аbsorber (1–apparat).
Kolonna tipidagi 20–25 qalpoqcha likopchali apparat. Har bir
likopchada suyuqlik qatlamida quvurchali sovitkich joylashtirilgan
bo‘lib, u orqali sovuq suv aylanib turishi (sirkulatsiya) hisobiga re-
aksiya issiqligi olib ketiladi.


98
Kolonnaning yuqori likopchasiga yangi, ishlatilmagan sulfat kis-
lota beriladi. Etilen yoki propilen pastidan beriladi. Kolonnaning yu-
qori qismida nasadka bo‘lib, u ko‘pik ushlagich vazifasini o‘taydi.
2. Gidroliz – bug‘latkich kolonna (6–app.).
Аpparat po‘latdan ishlangan, biroq korroziyadan voqif bo‘lish
maqsadida ichidan diabazali plitkalar bilan qoplangan. Unda likop-
chalar mavjud bo‘lib, ular orqali yuqoridan pastga reaksion suyuqlik
oqib tushib turadi.
2.3. Оksosintez usuli bilan spirtlar olish
Nemis kimyogari Ryoolen tomonidan 1938-yilda karbonillash
reak siyasi ochilib, ko‘proq uni oksosintez reaksiyasi deb yuritadilar.
Оksosintez reaksiyasi deb, bir vaqtning o‘zida uglerod oksidi (CО)
va vodorod (Х
2
) ni olefinga kobalt (katalizator) ishtirokida 110-
180ºC haroratda va 200 atmosfera bosimda o‘zaro ta’sirlashuviga
aytiladi. Reaksiya natijasida izo- va normal tuzilishdagi to‘yingan
alifatik aldegidlar hosil bo‘lib, ilk olefinga nisbatan bir uglerodi ortiq
bo‘ladi.
Umumiy holda reaksiyani quyidagicha ifodalash mumkin:
Izo- va normal tuzilishga ega bo‘lgan aldegidlar nisbatan tanlab
olingan shart-sharoitlarni o‘zlashtirish oqibatida o‘zgartirilishi mum-
kin. Ular keyingi reaksiya – gidrogenizatsiya jarayonida birlamchi
izo– va normal spirtlarga aylanadi.
 2.3.1. Оksosintez jarayoniga ta’sir etuvchi omillar
Оksosintez jarayoniga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Хomashyo 3. Harorat, bosim
2. Katalizator 4. Ilk moddalar nisbati.


99

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling