B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Оlefinlarning sulfat kislota yordamida gidratatsiyasi


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113
2.2. Оlefinlarning sulfat kislota yordamida gidratatsiyasi
1873-yili А. M. Butlerov va V. Goryainovlar etilenning sulfat
kislota yordamida gidratatsiyasini batafsil o‘rgandilar. Faqatgina
1939-yili neft gazlaridan etil spirtini olish bo‘yicha birinchi sanoat
qurilmasi ishga tushdi.
Hozirgi vaqtda sulfat kislota usuli va quyi molekular (etilen, pro-
pilen, butilenlar) olefinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyasi sanoatda
quyi spirtlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Jarayonning oddiyligi uni yuqori spirtlar ishlab chiqarishda
ishlatish imkonini ochib bergan, biroq hozirgi vaqtgacha sanoat-
da qo‘llanilmayapti. Sababi – olefinlarni yuqori tozalik darajasida
olishning qiyinligi, talaygina miqdorda yonaki mahsulotlarda ko‘p
bo‘lmagan miqdorda spirtlarning salmog‘i, cheklangan ehtiyojli ik-
kilamchi spirtlarni hosil bo‘lishidir.
Faqat so‘nggi yillarda neftkimyo sanoati tomonidan olefinlarni
yuqori tozalik darajasida olish usullari (parafinlarni krekingi va de-


93
gidrogenlash, olefinlarni polimerizatsiyasi) ishlab chiqildi. Boshqa
tomondan esa ikkilamchi yuqori yog‘ spirtlariga ehtiyoj vujudga kel-
di.
2.2.1. Оlefinlarning gidrotatsiyasi jarayoni bosqichlari
Оlefinlarning gidratatsiyasi qaytar jarayon bo‘lib, ikki bosqichda
boradi:
1. Sulfat kislota bilan olefinlar absorbsiyasi;
2. Аlkilsulfatlar gidrolizi.
Dialkilsulfat sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, alkilsulfat
hosil qilishi mumkin:
Kislotani olefin bilan to‘yinish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, re-
aksion aralashmada dialkilsulfatlar shuncha kam bo‘ladi.
Оlefinlarni gidratatsiya reaksiyasida kislotalarning katalitik ta’siri
alkilsulfatlarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq, shuning uchun reaksiya-
ning harorat chegarasi olefinlar xili va tuzilishiga, ularni sulfat kis-
lota bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatiga bog‘liqdir. Gaz holatdagi
olefinlardan etilen sulfat kislota bilan eng qiyin reaksiyaga kirishadi,
butilen va propilen – yengilroq, izobutilen esa eng yengil reaksiyaga
d
4


94
krishib, propilen va normal butilenlarga nisbatan 500 marta tezroq
yutiladi.
Sulfatlash reaksiyasi sharoitlarini tanlash, nafaqat olefinlarni sul-
fat kislotaga absorbsiyasi tezligi bilan, yonaki reaksiya–olefinlarni
polimerizatsiyasini davom etishi bilan ham o‘zaro bog‘liqdir.
Shuning uchun har bir olefin uchun o‘z sharoiti: H
2
sO
4
konsent-
ratsiyasi harorat va bosim (8-jadval) tanlanadi.
8-jadval

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling