B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113
2.1.1.2. Bosimning ta’siri
Bosim kattaligi ikki omil bilan xarakterlanadi:
1) etilenni o‘z parsial bosimi bilan;
2) suv bug‘larining kondensatlanishi boshlanishi bilan.
Etilen parsial bosimining ortishi bilan reaksiya tezligi ortadi.
Katalizning faol boshlanishi sifatida yoyuvchi yuzida suyuq ag-
regat holatda joylashgan va konsentratsiyasi katalizator yuzida suv
bug‘ining tarangligiga bog‘liq holida bo‘lgan erkin fosfat kislotasi-
dir.
Оdatda, fosfat kislotaning konsentratsiyasi 83–85% oralig‘ida
bo‘ladi. Аgar suv bug‘ining tarangligi katalizator yuzida kuchli
ortsa–suv bug‘lari kondensatlanadi va fosfat kislotani suyultiradi.
Natijada spirtning salmog‘i keskin pasayadi. Shuning uchun sistema-
ning umumiy bosimi (P) 70–75 atmosfera. Suv bug‘ining parsial bo-
simi P
h
2
O
= 27 – 30 atmosfera. Etilenning parsial bosimi atmosfera.
2.1.1.3. Suvning etilenga nisbatini ta’siri
Jarayonni belgilab beruvchi zarur omil – suvni etilenga nisbatan
molli nisbatlaridir.
P
C H
2 4
30 38
=



90
Аmalda suvning etilenga molli nisbatlari 0,6–0,7:1 ga teng qilib
ushlab turiladi. Bunday nisbatlarni tanlash fosfat kislotasi konsen-
tratsiyasini 83–85% da saqlab turish bilan bog‘liq.
2.1.1. Boshqa omillar ta’siri
Kontakt vaqti (hajmiy tezlikka teskari kattalik) – 18÷20 sek,
uning qiymatini orttirish etilenning konversiyasini oshirsada, reaksi-
ya yonaki mahsulotlari miqdorini ham oshishiga olib keladi.
Etilenning hajmiy tezligi 1800–2000–soat–1, bir o‘tishda etilen
konversiyasi 4–6%.
Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilish qurilmasi ish rejimi
quyidagicha:
Umumiy bosim, 70–75 atmosfera.
Temperatura, 280–300ºC.
Molli nisbat, H
2
О/C
2
h
4
=0,7:1.
Kontakt vaqti, 18÷20 sek.
Etilen hajmiy tezligi , 1800–2000 soat–1.
1m
3
katalizatorda olingan spirt miqdori, 190–200 kg/soat.
Katalizator 500 soat ishlaydi, undan so‘ng fosfat kislota tez ketib
qoli shi oqibatida uning faolligi tushib ketadi, shu sababli jarayon
paytida katalizatorga yangi H
3

4
qo‘shib turiladi va uni regenerat-
siyasiz xizmatini 900 soatgacha uzaytiriladi. Reaksiyaning yonaki
mahsulotlari quyidagilardir: dietil efiri (C
2
h
5
–О–C
2
h
5
)–2%; atsetal-
degid –1%; polimerlar –2%.
Etilen konversiyasining quyiligi va shu bois etilenning ko‘p mar-
ta sirkulatsiyasi – jarayonning jiddiy kamchiligidir. Ushbu kamchilik
tozaligi 98% dan kam bo‘lmagan konsentrlangan etilenni majburan
ishlatishni taqozo etadi.
Suyuq fazada etilenni suv bilan 250–300ºC haroratda va 300 at-
mosfera bosimi ostida gidratatsiya qilish jarayoni ishlab chiqilgan.
Katalizator sifatida silikagelda W
2
O
3
(15–20%) ishlatiladi.
Usulning afzalliklari: katalizator apparaturani korroziyaga uch-
ratmaydi; suvni bug‘latishga va suv bug‘ini o‘ta qizdirishga katta
miqdorda issiqlik sarfi talab qilinmaydi. Katalizator bug‘ fazadagi
gidratatsiya uchun yaroqsizdir, chunki bu sharoitda u kam faoldir.
Usulning kamchiligi – katalizator narxining yuqoriligidan iborat.


91

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling