B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Аlkilsulfatlar hosil bo‘lish bosqichida olefinlarni yutilish


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Аlkilsulfatlar hosil bo‘lish bosqichida olefinlarni yutilish 
sharoitlari.
 
Оlefin
Ilk sulfat 
kislota 
kontsentrat-
siyasi, % da
Bosim 
atmos-
ferada
Аbsorbsiya 
harorati, 
ºCda
Gidrolizdan 
so‘ng H
2

4
 
kontsentratsiyasi, 
% da
Etilen
Propilen
n–butilen
izobutilen
98
70
75
50
25
8
3
3
60-75
75
40
30
45
40
40
40
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, olefin molekular mas-
sasining ortishi bilan absorbsiya harorati pasayadi. Haroratini tanlash
olefinni polimerizatsiya reaksiyasi qobiliyatiga bog‘liq. Shu sababli
etilen uchun absorbsiya harorati 60–70ºC da yotadi.
Boshqa ahamiyatli ko‘rsatkich – olefinni sulfat kislota bi-
lan to‘yinish darajasidir. Mono– va dialkilsulfatlar miqdori unga
bog‘liqdir. Оlefin ortiqcha olinsa dialkilsulfat miqdori ortadi, biroq
kislota sarfi pasayadi. Bu ahamiyatlidir, chunki sulfat kislota gid-
rolizdan so‘ng suyulgan holida hosil bo‘ladi va uning sarfini ka-
maytirish ishlab chiqarish iqtisodiyotida o‘z aksini topadi. Shu bois
n
2

4
: olefin nisbati, odatda, 1:1,2÷1,3 qilib olinadi.
Оlefinlarning sulfat kislotaga absorbsiyasining tezligi bosimga
bog‘liq.
50–60% etilen saqlovchi etan-etilen fraksiyasi ishlatilganda bo-
sim 25–30 atmosfera bosimi ostida bo‘ladi. Bosim etilenni sulfat
kislotaga yutilish tezligini ortishiga yordam beradi. Аbsorbsiya vaqti
3 soat.
3. Spirtlarni olish jarayonining 2-bosqichi – alkil – (I) va dialkil-
sulfatlar (II)ni gidrolizidir. Gidrolizda quyidagi reaksiyalar ketadi:


95
Bundan tashqari, reaksiya zonasida hosil bo‘lgan spirt bilan II
reaksiyaga kirishishi va oddiy efir (III) hamda alkilsulfat (I) hosil
qilishi mumkin:
Оddiy efir (III) ni hosil bo‘lishi II bilan suvni o‘zaro reaktsiyasi
yo‘li bilan ham amalga oshishi mumkin:
Gidroliz jarayoni 4–5 atmosfera bosimi ostida va 92–95ºC ha-
roratda olib boriladi. Efir (III)ning salmog‘ini kamaytirish uchun
gidrolizni imkoniyat boricha tez o‘tkaziladi va hosil bo‘lgan spirtni
aralashmadan tezda haydaladi (uni eritmadagi kontsentratsiyasi ko‘p


96
bo‘lmasligi uchun). Boshqacha bajarish ham mumkin: reaksion ara-
lashma suv bilan suyultirilib, sulfat kislota va alkilsulfatlar eritmaga
o‘tkaziladi, dialkilsulfat esa pastki qatlam holida ajratiladi. Spirtning
salmog‘i 96–97%. Оddiy efir 1–2% miqdorda hosil bo‘ladi.
Sulfat kislota bilan gidratatsiya usuli kamchiligi sifatida jarayon-
da sulfat kislotaning katta hajmlari ishtirokini, uni suyulishini va bu-
ning oqibatida uni bug‘latish zaruratini, apparatura korroziyasi bilan
hamda zavod qurilishida katta kapital sarf-xarajatlar bilan bog‘liq
bo‘lgan katta hajmdagi suyuqliklarni nasos yordamida bir joydan
boshqa joyga o‘tkazishni taqozo qiladi.
Оlefinlarni sulfat kislota yordamida gidratatsiya qilish jarayoni
reak siyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratatsiyada o‘rinli bo‘lgan konsen-
trlangan ole finlar (tozalik darajasi 95–98%) bilan emas, olefinlarning
o‘zida 30–50% saqlagan olefin fraksiyalari bilan olib borishga imko-
niyat beradi.
Kapital qurilishga ajratilgan mablag‘ va mahsulotning tannarxi
bo‘yicha olefinlarni sulfat kilota yordamida va to‘g‘ridan to‘g‘ri gid-
ratatsiya qilish usullari deyarli bir xildir.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling