B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Izopropil spirti ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
2.2.2. Izopropil spirti ishlab chiqarish texnologiyasi
Propilenni sulfat kislota ishtirokidagi gidratatsiya usuli texnolo-
gik sxemasi 11-chizmada keltirilgan.
11-chizma. Propilenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilib etil spirti 
ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi.
1
5
4
7
6
3
2
9
10
11
8
h
2
sO
4
C
8
h
4
suv
naOh
Chiqib
keta-
yotgan
suv
bug‘i suv
suv
bug‘i
h
2
sO
4
Polimerlash
Spirt va efir 
rektifikatsiyasi


97
Kerakli kontsentratsiyadagi sulfat kislota 1–absorberni yuqori li-
kopchasiga, quyi likopchasiga esa berilgan bosimgacha avvaldan si-
qilgan olefinlar yo‘naltiriladi. Аbsorberda alkilsulfatlar hosil bo‘ladi
va ularni qisman gidrolizi sodir bo‘ladi. Kolonnaning o‘rta likop-
chalaridan 2–nasos yordamida suyuqlikning bir qismi yuqori likop-
chaga uzatiladi. 1–absorberdan chiqayotgan gazda kislota sachratqi-
lari, spirt va efir bug‘lari bo‘ladi. Shu sababli, u 3–drosselli jo‘mrak
yordamida bosimi pasaytirilgach 4–skrubberda suv bilan yuviladi,
yuvindi suv esa gidroliz bosqichida ishlatiladi. 1–absorberni quyi
qismidan reaksion massa 3–reduksion jo‘mrak orqali o‘tib, bo-
simi 1,5 atmosfera bosimi ostida gacha pasaytiriladi va 5–gidroli- 
zer – aralashtiruvchiga tushadi. Bu yerga suv 4–skrubberdan beri-
ladi. Suyultirilgan massa 6–gidroliz–bug‘latgichga tushadi va alkil-
sulfatlarni gidrolizi yakunlanadi, spirt, efir va polimerlar ajratiladi.
6–Gidrolizerdan chiqayotgan suv, spirt, efir va polimer bug‘larida
kislota xarakterli qo‘shimchalar mavjud, shu sababli 5% –li NaОH
eritmasi kiritilayotgan 7–likopcha tipidagi neytralizatorga yubori-
ladi. Neytralizatorga suv bug‘ini bevosita berish natijasida reaksi-
ya mahsulotlarining kondensatsiyasining oldi olinadi. So‘ngra ular
8–sovitkich–kondensatorda kondensatlanadi. Оlingan kondensat
spirt va efirlarning suvdagi eritmasi bo‘lib, polimerlar emulsiyasini
o‘z ichida saqlaydi. Ularni ajratish uchun kondensat 10–separatorga
yo‘naltiriladi. U yerda 9–yuvgich suvi bilan qo‘shimcha suyultiril-
gach va so‘ngra tindirilgach polimerlar to‘liq ajraladi. 9–yuvgichda
polimerlar bilan ushlab qolingan spirt va efir ajratib olinadi; 10–
separatorda yuvishga qo‘llanilgan suv kondensatni suyultirishga va
polimerlarni to‘liq ajratib olishga ishlatiladi.
Spirtning suvli eritmasi (odatda, 25% ga yaqin)ni va efir (3–5%) ni
11–yig‘gichda yig‘iladi va u yerdan rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi.
Аnalogik sxema bo‘yicha etil spirti olinadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling