B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


I. Poliolefinlarni ishlab chiqarish


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
I. Poliolefinlarni ishlab chiqarish
Hozirgi vaqtda poliolefinlarning quyidagi turlari ishlab chiqarila-
di:
1. Quyi zichlikdagi polietilen (yuqori bosimli).
2. Yuqori zichlikdagi polietilen (quyi bosimli).
3. O‘rta bosim polietileni.
4. Polipropilen.
5. Etilen va propilen sopolimerlari.
6. Buten–1, 4–metilpenten–1, amilenlar asosidagi boshqa yuqori
polioleflar.
Poliolefinlarga poliizobutilen va butilkauchuklarni ham kiritish
lozim, biroq ushbu polimerlar kauchuksimon xossalariga egaliklari
bois, ular sintetik kauchuklarga kiritiladi.
Hozirgi vaqtda hamma poliolefin turlaridan eng katta ishlab chi-
qarish hajmini yuqori bosim polietileni egallaydi. Ishlab chiqarila-
yotgan yuqori va quyi bosim polietilenlarini miqdoriy nisbati–3:1.
Biroq keyingi paytlarda quyi bosim polietilenini, ayniqsa, polipro-
pilenni ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Bu yaqin ke-
lajakda ushbu nisbat buzilib, quyi bosim polietileni va polipropileni
foydasiga hal bo‘ladi.
Poliolefinlar zanjirli jarayonlar mexanizmi bo‘yicha polimerlash
usuli bilan olinadi. Zanjirli polimerizatsiyada jarayon boshlanishidan
avval radikal yoki ion bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuqori faollikka ega
bo‘lgan oraliq mahsulot hosil bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra, radikal


110
zanjirli polimerizatsiya va ion zanjirli polimerizatsiyalar farqlanadi.
So‘nggi holida ion zaryadi musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin,
shuning uchun ion zanjirli polimerizatsiya kationli va anionlilarga
bo‘linadi.
Zanjir reaksiyalarning xarakterli o‘ziga xos xususiyati – ularning
yuqori tezligi va zanjirni o‘sish bosqichida yetarli katta ekzoter-
miklikdir. Jarayonning har bir bosqichida dimer, trimer va shu kabi
barqaror mahsulotlar hosil bo‘ladigan bosqichli polimerizatsiyadan
farqli o‘laroq, zanjirli polimerizatsiyada jarayon oxiriga yetgunga
qadar beqaror makroradikallar yoki makroionlar mavjud bo‘ladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling