B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
1.1.1.1.2. Kislorod miqdorining ta’siri
Erituvchi ishtirokisiz va gaz holidagi kislorod bilan initsirlangan
etilenni polimerlashda olinadigan mahsulot xossalariga kislorod miq-
dori anchagina ta’sir qiladi. Q‘attiq yuqori molekular polietilen olish
uchun kislorod miqdorini imkoniyat darajasida past ushlab turish
lozim, bunda uning pastki chegarasi reaksiyaning tezligi bilan belgi-
lanadi. Аmalda yuqori molekular polietilenni sanoat miqyosida ish-
lab chiqarishda etilendagi kislorod miqdori 0,1–0,04% chegarasida
yotadi. Demak, tayyor polimer qurilmani ishlash sharoitiga bog‘liq
holida o‘z tarkibida 0,1–0,04% kislorodi bo‘ladi.


113
9-jadval
Polietilenni molekular og‘irligi bilan reaksion massadagi 
kislorod miqdori orasidagi bog‘liqlik. (R–1500 atm, T–230ºC)
Kislorodning miqdori,
% da
0,01
0,04
0,07
0,13
0,16
Polietilenning o‘rtacha
molekular og‘irligi
18000
15000 12000 10000
Parchalanish,
portlash
Kislorod konsentratsiyasi ortishi bilan reaksiyaning tezligi ortadi,
biroq molekular og‘irlik pasayadi va polietilen xossalari yomonla-
shadi (9-jadval). 250–300ºC, 700–800 atmosfera va 0,5% kislorod-
da polimerizatsiya natijasida qattiq mumsimon modda hosil bo‘ladi.
Аgar ilk etilendagi kislorod miqdori yanada ko‘proq, masalan, 1–2%
ga orttirilsa, bosim esa 500–600 atmosfera gacha pasaytirilsa, 300ºC
haroratda vazelinga o‘xshash mahsulotlar hosil bo‘ladi.
1.1.1.1.3. Reaksiya vaqtining ta’siri
Etilenning polietilenga aylanishi reaksiyaning davomiyligiga
bog‘liq bo‘lib, etilen konsentratsiyasini va etilen bilan o‘sib boruv-
chi polimer molekulalarini o‘zaro to‘qnashish ehtimolining kamayi-
shi oqibatida zanjir o‘sishini so‘nib borishiga olib keladi. Kerakli
vaqt 1–3 daqiqa. Аmalda bo‘lish vaqti 2–6 daqiqa.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling