B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
-chizma. Yuqori bosimli polietilen ishlab chiqarishning prinsipial tex-
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
12-chizma. Yuqori bosimli polietilen ishlab chiqarishning prinsipial tex-
nologik sxemasi. 1–birinchi kaskad kompressori; 2–ikkinchi kaskad kompressori; 3–reaktor; 4–yuqori bosim ajratkichi; 5–quyi bosim ajratkichi; 6–siklonli separa- tor; 7–uch pog‘onali sovitkich; 8–qaytarma etilenni quruq usulda tozalash kolon- nasi. 1 2 3 7 8 6 6 4 5 115 Reaksiyalarni boshqarish davriy ravishda topshiriq bo‘yicha 1–2 sekund ichida reaktordagi bosimni 200–400 atmosferaga pa- saytiruvchi avtomatik noinersion drosselli klapan yordamida amalga oshiriladi. Davriy drossellashda reaksion massaning harorati bosimning tu- shishi oqibatida sovish hisobiga asosan, reaksiya tezligining pasayis- hi hisobiga pasayadi. Bundan tashqari, etilenning ko‘p, kam bo‘lib turuvchi oqimi reaktor devoridan polietilen plyonkani yuvib turadi. Birinchi kaskad kompressori yordamida 0,01% kislorod saqlov- chi etilen 320 atmosfera bosimgacha siqiladi, so‘ng ikkinchi kaskad kompressori yordamida gaz 1500 atmosferagacha siqilib, uch zonaga ajratilgan 3–reaktorga yuboriladi. Etilen reaktorga 35ºC da keladi va oldindan isitish zonasida 150ºC gacha isiydi, so‘ngra ikkinchi zona- da qo‘shimcha 185ºC gacha isiydi va 185–240ºC da polimerlanadi (reaksiya zonasi). Uchinchi zonada 235ºC gacha sovitiladi. Reaksiya issiqligi 200ºC ga yaqin haroratli issiq suv bilan olib ketiladi. Qu- vurchalarning ichki devorlari 175ºC dan past haroratda polimer bilan qoplana boshlashi issiqlikni keyingi olib ketilishida murakkablik yu- zaga kelishi va polimerni destruksiyasiga olib kelishi bois, sovuq suv bilan sovitish imkoniyati yo‘qoladi. Reaksiya mahsulotlari reaktordan bosimni 320 atmosferaga- cha pasaytiradigan drossel klapani orqali 4–isitiladigan yuqori bo- sim ajratkichiga keladi. Reaksiyaga kirishmay qolgan etilen poli- merni changdan ajratuvchi 6–isitiluvchi siklonli ajratkichlarga yo‘naltiriladi. Оdatda, bir nechta separator o‘rnatilib, gaz biridan ikkinchisi- ga 7–uch pog‘onali sovitkich orqali o‘tadi. Аjratkichlardan chiqqan gaz 8–quruq usulda tozalash kolonnasidan o‘tib, CО 2 va formalde- gid shamotdagi kaliy ishqori yordamida tozalanadi, so‘ng sovitilib (kolonnada harorat – 50ºC) kompressiyaga keladi. 1500 atmosfera bosimi bilan siqilgan gaz jarayonga qaytariladi. Polimer yuqori bo- sim ajratkichdan absolut bosimni 1–6 atmosferagacha pasaytiruv chi drossel orqali 5–quyi bosim ajratkichiga beriladi. Drossellashda tem- peratura 220ºC dan 180–200ºC gacha pasayadi. Etilen quyi bosim ajratkichidan siqishga yuboriladi va jarayonga qaytariladi. Reaktorning issiqlik rejimi buzilganda ehtiyot klapani avtoma- tik ravishda ishlab ketadi va gazni atmosferaga chiqarib yuboradi. Gaz etilenning konsentratsiyasini kerakli chegarada ushlab turish va 116 qo‘shimchalar to‘planib qolishini oldini olish maqsadida davriy ra- vishda puflab tashlanadi (gazning bir qismi gaz ajratish qurilmasiga chiqarib tashlanadi). Bir o‘tishda etilenning konversiyasi yuqori bo‘lmaganligi sababli resirkulatsiya gazi ulushi 90% ni tashkil etadi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling