B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Quyi zichlikdagi (yuqori bosimli) polietilen


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
1.1.1. Quyi zichlikdagi (yuqori bosimli) polietilen
ishlab chiqarish
Etilenni yuqori bosim ostida polimerlash – radikal mexanizmi
bo‘yicha ketuvchi zanjir jarayondir. Reaksiyaning initsiatori kislo-
roddir, biroq peroksidlar ham ishlatilishi mumkin. Reaksiya katta
miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi.
1.1.1.1. Yuqori bosim ostida etilenni polimerlash jarayoniga 
ta’sir etuvchi omillar
Ushbu omillar quyidagilardan iborat:
1. Bosim va harorat.
2. Kislorod miqdori.
3. Reaksiya vaqti.
1.1.1.1.1. Bosim va haroratning ta’siri
Etilenni yuqori bosim ostida polimerlash reaksiyasi 650–700
atmosfera bosimi ostida boshlanadi, chunki bunday quyi bosimda
etilen zichligi polimerizatsiyani boshlanishi uchun zarur bo‘lgan
zarralarni o‘zaro to‘qnashish soni (boshqacha qilib aytganda, gaz
molekulalarini yetarli kon tsentrasiyasi)ni ta’minlaydi. Bir harorat va
kislorodning doimiy sarfida moddalarni bir-biriga aylanish «chuqur-
ligi» bosimga proporsionaldir, chunki faol markazni monomer mo-
lekulasi bilan kontakt bo‘lish ehtimoli o‘sadi. Shuning uchun yuqori
molekular mahsulotlar olish uchun g‘oyat yuqori bosim qo‘llanilishi


112
lozim. Masalan, etilenni polimerlashda (bir xil haroratli sharoitlar-
da) 1100 atmosfera bosimi ostida molekular og‘irligi 9000 ga yaqin
bo‘lgan polimer hosil bo‘ladi. Аgar 1500–2000 atmosfera bosimi
ostida qo‘llanilsa molekular og‘irligi 15×103¸20×103 bo‘lgan po-
lietilen olish mumkin. 520 atmosfera bosimi ostida va boshqa teng
sharoitlarda molekular og‘irligi 2000 bo‘lgan polietilen olinadi. Ja-
rayonni olib borishda harorat etilenning konversiyasini ko‘p jihat-
dan aniqlab beradi. Harorat ortishi bilan reaksiyaning «chuqurligi»
ortadi va o‘sha konversiyaga yetishish uchun reaksiya vaqti kama-
yadi. Biroq birinchidan, polietilenning sifati sezilarli yomonlashadi,
chunki haroratning 300ºC gacha ko‘tarilishi oqibatida hosil bo‘lgan
«bo‘yalgan polietilen» deb atalgan polietilen parchalanishiga olib
keluvchi yonaki jarayonlarni ham tezligi ortadi. Ikkinchidan, 260ºC
dan yuqori haroratda polimerizatsiya va parchalanish reaksiyalari-
ning tezlashishi natijasida ko‘p miqdorda issiqlik hosil bo‘lib, reaksi-
ya zonasidan chiqib ketishga ulgurmay qoladi, jarayonni boshqarish
qiyinlashadi va oqibatda u portlashga olib kelishi mumkin. Shu bois
harorat 260–270ºC bilan chegaralanadi. Ishlatiladigan haroratning
quyi chegarasi peroksidlarni olish va parchalash jarayonlari bilan
bog‘liq bo‘lib, bunda polimer zanjir o‘sishi hosil bo‘lgan erkin ra-
dikallar asosida amalga oshiriladi. Initsiator sifatida molekular kis-
lorod ishlatilganda etilen peroksidi 1500 atmosfera bosimi ostida
150ºC haroratda hosil bo‘ladi. Peroksidni parchalash temperatura-
ning orttirishni taqozo qiladi.
Jarayonni optimal harorati 100 dan 260ºC gacha hisoblanadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling