B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Etilenni polimerlashda issiqlikni olib chiqib


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
1.1.1.2. Etilenni polimerlashda issiqlikni olib chiqib 
ketish usullari
Etilenning polimerlash jarayoni yuqori ekzotermik reaksiya
bo‘lib, uning issiqlik effekti 1 kg etilenga nisbatan 860 kkal ga teng.
Shu bois reaktor samarali issiqlik olib chiqib ketish imkoniyatiga ega
bo‘lishi kerak. Bu reaktorlar konstruksiyasini yaratishdagi asosiy ish
hisoblanadi. Issiqlikni olib chiqib ketish imkoniyati etilen konversi-
yasini chegaralaydi.
Jarayonni texnologik bezashga bog‘liq holda sanoatda issiqlik
olib chiqib ketishning ikki usuli ishlatiladi: reaktor devori orqali so-
vituvchi suv yordamida va reaktorga sovitilgan monomerni purkash
yo‘li bilan.


114
1.1.1.3. Jarayonni texnologik bejash
Hozirgi vaqtda sanoatda yuqori bosim ostida polietilen olish jara-
yonini apparatura bilan bejashda ikki usul mavjud:
А) Ilon izi tipli quvurchali reaktor bilan.
B) Аralashtirgichli reaktor bilan.
Har bir usul o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘lib, ularni
ko‘rib chiqamiz.
Quvurchali tipdagi reaktor
Quvurchali reaktorda issiqlik «ko‘ylak»da sirkulatsiya qilinadi-
gan issiq suv bilan olib chiqib ketiladi. Reaksiya issiqligining bir
qismi polimerizatsion aralashmani reaktordan chiqish temperatura-
sigacha isitish uchun ketadi. Biroq suv bilan issiqlikni olib chiqib
ketish reaktor qalin devori orqali issiqlik uzatish bilan chegaralana-
di. Reaktor quvurchalarining kattagina issiqlik inersiyasi oqibatida
reaksion massa ayrim joylarida o‘ta qizish hollari sodir bo‘ladi va
bir necha sekund ichida etilen hamda polietilenlar qurum hosil qilib
parchalana boshlashi mumkin. Ushbu sharoitda barcha sovitish siste-
masi kechikadi.
Quvurchali reaktorlarda moddalarning birini ikkinchisiga ayla-
nish «chuqurligi» 8–15% ni tashkil etadi.
12-chizmada quvurchali (yoki ilon izi) reaktorda yuqori bosimda
etilenni polimerlash texnologik sxemasi keltirilgan.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling