114
1.1.1.3. Jarayonni texnologik bejash
Hozirgi vaqtda sanoatda yuqori bosim ostida polietilen olish jara-
yonini apparatura bilan bejashda ikki usul mavjud:
А) Ilon izi tipli quvurchali reaktor bilan.
B) Аralashtirgichli reaktor bilan.
Har bir usul o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘lib, ularni
ko‘rib chiqamiz.
Quvurchali tipdagi reaktor
Quvurchali reaktorda issiqlik «ko‘ylak»da sirkulatsiya qilinadi-
gan issiq suv bilan olib chiqib ketiladi. Reaksiya issiqligining bir
qismi polimerizatsion aralashmani reaktordan
chiqish temperatura-
sigacha isitish uchun ketadi. Biroq suv bilan issiqlikni olib chiqib
ketish reaktor qalin devori orqali issiqlik uzatish bilan chegaralana-
di. Reaktor quvurchalarining kattagina issiqlik
inersiyasi oqibatida
reaksion massa ayrim joylarida o‘ta qizish hollari sodir bo‘ladi va
bir necha sekund ichida etilen hamda polietilenlar qurum hosil qilib
parchalana boshlashi mumkin. Ushbu sharoitda barcha sovitish siste-
masi kechikadi.
Quvurchali reaktorlarda moddalarning
birini ikkinchisiga ayla-
nish «chuqurligi» 8–15% ni tashkil etadi.
12-chizmada quvurchali (yoki ilon izi) reaktorda yuqori bosimda
etilenni polimerlash texnologik sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: