B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113
1.1. Radikal polimerizatsiya
Radikal polimerizatsiya jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
1. Boshlang‘ich erkin radikal hosil qilish bilan reaksiyani initsir-
lash.
2. Hosil bo‘lgan radikalga o‘sib boruvchi makromolekulani chek-
ka zvenosiga erkin valentlikni saqlagan holida monomer molekulasi-
ni ketma-ket ulash, ya’ni erkin radikal xossasini saqlagan holida.
3. Erkin valentlikni to‘yinishi hisobiga makroradikalni o‘sishdan
to‘xtashi va makromolekulani hosil bo‘lishi.
Ushbu bosqichlarning har biri biroz kengroq ko‘rib chiqiladi.
1. Radikal polimerizatsiyani initsirlash deganda, monomer
yoki initsiator molekulasidan birlamchi faol radikalni hosil bo‘lishi
tushuniladi.
Erkin radikallar turli omillar ta’siri natijasida hosil bo‘lishi mum-
kin. Ushbu omillarga qarab quyidagi polimerizatsiya xillari farqlana-
di:
А) Termik polimerizatsiya. Bunda issiqlik ta’sirida erkin radikal-
lar hosil bo‘ladi.
B) Fotokimyoviy polimerizatsiya. Yorug‘lik nuri ta’sirida radi-
kallar hosil bo‘ladi.
V) Radiatsion polimerizatsiya. Monomerga yuqori energiyali zar-
ra ta’siri natijasida radikallar hosil bo‘ladi.
G) Initsirlangan polimerizatsiya. Nostabil mahsulotlar initsiator-
larni parchalanishi hisobiga radikallar hosil bo‘ladi.


111
2. Makroradikallarning o‘sishi
Zanjirning o‘sishi, initsirlash xarakteridan qat’i nazar, monomer
molekulasining birlamchi radikalga birikish pallasidan boshlanib,
o‘sayotgan zanjir radikal tuzilishini saqlagunga qadar davom etadi.
3. Makroradikallar o‘sishini to‘xtashi 
Mikroradikallar o‘sishini to‘xtashi zanjir uzilishi yoki kinetik
energiyani zanjirga o‘tib ketishi oqibatida yuzaga keladi. Kinetik
zanjirni berib yuborilganda bir makroradikallarni o‘sishi to‘xtasa,
ikkinchi yangi makroradikallar vujudga keladi. Zanjirning uzilishi – 
bu makroradikallar valentliklari to‘yinishiga olib keluvchi va yangi
radikallar hosil bo‘lishini birga olib bormaydigan jarayondir.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling