B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarish
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.2.1. Хrom oksidi katalizatorida polimerlash
1.2.2. O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarish
Quyi bosimda polietilen ishlab chiqarish usuli kashf qilinishi bi- lan bir vaqtda etilenning yuqori molekular polimerini 35–70 atmos- fera bosimi atrofida va 100 dan 270ºC gacha haroratda olish mum- kinligi haqida axborot e’lon qilingan. Ushbu jarayonlar Аmerika fir- malari tomonidan 1950–1965-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu usullar bo‘yicha olingan mahsulot o‘rta bosim polietileni deb nom oldi. Jarayonning katalizatorlari sifatida xrom oksidi, molibden oksidi asosidagi hamda nikel va kobalt metallik katalizatorlar taklif etilgan. Ishlatiladigan katalizator va jarayonni olib borish sharoitlariga qarab olinayotgan polimerlar bir-biridan o‘z xususiyatlari bilan farq qiladi. 1.2.2.1. Хrom oksidi katalizatorida polimerlash Хrom oksidi katalizatorida polimerlash jarayoni 135–190ºC haro- ratda va 30–40 atmosfera bosimi ostida ketadi. Katalizator alumosilikat yoyuvchi (10% Al 2 O 3 va 90% SiO 2 ) us- tiga berilgan xrom oksidlaridan iborat. Katalizatorda xrom oksidlari 3–6 % ni yoki xromga qayta hisob qilinganda 1,5 – 3,0%, bunda xrom oksidining 70–80% olti valentli xrom oksidi CrO 3 dan va 20– 30% – uch valentli xrom oksidi Cr 2 O 3 dan iborat, 3:2 nisbat optimal hisoblanadi. Оlti valentli xromni uch valentli xromga to‘la qaytaril- sa, katalizator o‘z faolligini yo‘qotadi. 124 Polimerizatsiya jarayoni qo‘zg‘almas katalizatorda ham, uzluksiz sxema bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Ikkala holida ham jarayon erituvchi (ksilollar, parafin uglevodorodlar va shu kabilar)- da olib boriladi, ushbu jarayonda erituvchining roli juda katta: u eti- lenning erituvchisidir, polimerizatsiya issiqligini olib qoladi va hosil bo‘layotgan polimerni eritadi, shu yo‘l bilan katalizator yuzasini po- limer cho‘kindilardan muhofaza qiladi. Jarayon etilenni erituvchida avvaldan 35 atmosfera bosimi ostida va 15–30ºC da eritib olishdan iborat, bunda 2–5% li etilen eritmasi hosil bo‘ladi. Ushbu erituvchi 150ºC haroratgacha issiqlik almash- tirgichda isitiladi va reaktorga yo‘naltiriladi. Etilenning konversiyasi to‘liq amalga oshadi. Yuqori haroratda polietilen erituvchida erisada, erituvchi mavjudligiga qaramay katalizatorga polimerning eng yuqo- ri molekular fraksiyalari cho‘kadi, bu esa katalizatorni davriy ravish- da regeneratsiya qilib turish zaruratiga olib keladi. Regeneratsiya 450–500ºC da havo bilan amalga oshiriladi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling