1.2.1.3.2. Bosim
Polimerizatsiya reaksiyasini atmosfera bosimi ostida olib borish
mumkin, ammo etilenning hajmiy tezligi va katalizatorni ishlatish
optimal hisoblangan 2–3 atmosfera bosimdagiga nisbatan anchagina
past. Biroq bosimni 3 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya issiqligi-
ni olib chiqib ketish uchun gaz sirkulatsiyasining orttirishni talab
qiladi. Bosimning keyingi 5–10 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya
temperaturasi (80ºC)da erituvchining bug‘lanishini kamayishiga olib
kelgan bo‘lar edi.
Reaksiya issiqligini olib chiqib ketish uchun, yoki yengilroq
qaynovchi erituvchi yoki bo‘lmasa polimer zarralarini olib chiqib
ketilishiga olib keluvchi gaz sirkulatsiyasi miqdorini oshirish talab
qilinadi. Yengilroq qaynaydigan erituvchini ishlatishi katalizatorni
tayyorlashda erituvchini ko‘p miqdorda uchib ketishi oqibatida qi-
yinchiliklarga olib kelar edi. Bosim ortishi bilan polietilenning mole-
kular og‘irligi ortadi.
1.2.1.3.3. Хomashyo tozaligining ta’siri
Etilen xomashyosida etilen gomologlarini yoki erituvchida
to‘yinmagan uglevodorodlarning bo‘lishi polietilenning molekular
og‘irligining pasayishiga olib keladi.
Аtsetilen va uning gomologlari polimerizatsiya zanjirining uzilis-
hi oqibatida molekular og‘irlikni pasaytiradi. Bundan tashqari, atse-
tilen katalizator komponentlari bilan birikmalar hosil qiladi va nati-
jada ular spirt yordamida eritmaga o‘tib ketmaydi va shu bois oxirgi
mahsulotda kulning miqdorini oshiradi.
Suv katalizator kompleksini gidrolizlaydi, natijada titan va alu-
miniylarni erimaydigan tuzlari hosil bo‘lib, ular polietilenda qolib,
uning kul hosil qilish darajasini oshiradi.
Erituvchi tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aromatik uglevodo-
rodlarning mavjudligi quyi molekular «mum»ni hosil bo‘lishiga olib
keladi, shu sababli ularning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.
122
Do'stlaringiz bilan baham: |