B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Аlumomolebden katalizatorida polimerlash


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
1.2.2.2. Аlumomolebden katalizatorida polimerlash
Ushbu jarayon 130–260ºC haroratda va 70 atmosferaga yaqin
bosim ostida olib boriladi. Katalizator – yoyuvchi aluminiy oksi-
didagi molibden oksidi MoО
3
dan tashkil topgan, molibden oksidi
esa 5–8% ni tashkil etadi. Jarayonni o‘tkazishdan avval katalizator
vodorod oqimida 430–480ºC da faollanadi, ko‘rinib turibdiki, mo-
libdenning yuqori valentliklari quyigacha qisman qaytariladi, ya’ni
u ham xrom oksidi katalizatoriga o‘xshab oksidlar aralashmasidan
iboratdir. Ba’zan katalizatorga promotorlar (ishqoriy va ishqoriy yer
metallari gidridlari va karbidlari) qo‘shiladi. Molibden oksidi bilan
bir qatorda vanadiy oksidi ham ishlatilishi mumkin.
Аmalda jarayonni texnologik rasmiylashtirish xrom oksidi katali-
zatorli jarayonnikidan farq qilmaydi.
1.2.2.3. Nikelli katalizatorda polimerlash
O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarishning ushbu holidagi usu-
li 70 atmosfera bosimi ostida va 100–200ºC da amalga oshiriladi.
Jarayonni katalizatori sifatida faollangan pista ko‘mir–yoyuvchidagi
metalli nikel yoki kobaltlar xizmat qiladi. Katalizatordagi nikel-
ning miqdori 3 dan 10% gacha ortadi. Katalizator ishqoriy metall


125
qo‘shimchalari bilan faollanishi mumkin.
Katalizatorni 175–140ºC va 140 atmosfera bosimida vodorod bi-
lan regeneratsiya qilinadi.
O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarishning uch usulini ko‘rib
chiqqan holida qanday katalizator ishlatilishiga qarab, olingan polie-
tilen xossalarini taqqoslash mumkin (10-jadval).
10-jadval
O‘rta bosim polietilenining xossalari
Polimer xossasi
Ishlatilgan katalizatorlar
sr
2
O
3
×
srO
3
,
al
2
O
3
×
SiO
2
MoO
3
–al
2
O
3
Ni/ko‘mir
Molekular og‘irlik
Zichlik, g/sm
3
Kristallik darajasi, %
Erish harorati, ºC
1000 atom uglerodga
to‘g‘ri kelgan CN
3
guruhi soni
Uzishga
mustahkamlik
chegarasi, kg/sm
2
10÷30 ming
0,95–0,96
93
123–133
1,5
285
30–250 ming
0,95–0,97
87
128–131
2,0

100–200 ming
0,94–0,95
80
117–120
20,0

Keltirilgan ma’lumotlar olinayotgan polimerning xossalariga ka-
talizatorlar katta ta’sir o‘tkazishini ko‘rsatadi.
11-jadvalda turli usul bilan olingan polietilenlarning xossalari
o‘zaro taqqoslab berilgan.
11-jadval 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling