B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Etilenning to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyasi
II. Spirtlar ishlab chiqarish
Neftkimyo sanoatida spirtlar eng muhim va ko‘p tonnali mahsu- lotlardan biridir. Ishlatishni turli oblastlarda spetsifikaga bog‘liq holida keng va turli-tumanligi o‘z navbatida ularni ishlab chiqarish usullarini ham xilma-xilligini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda spirtlar ishlab chiqarishning asosiy usullari quyi- dagilardir: 1. Оlefinlar (etilen va propilen) ni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya- si. 2. Оlefinlarni sulfat kislota yordamida gidratatsiyasi. Ushbu usul bilan etil spirti va zanjirida C 3 dan C 4 gacha bo‘lgan ikkilamchi spirt- lar olinadi. 3. Оksosintez usuli. Ushbu usul bilan zanjirida C 4 –C 8 uglerod atomi bo‘lgan izo – va normal tuzilishga ega bo‘lgan aldegidlar va birlamchi spirtlar olinadi. 4. Аluminiyorganik birikmalar yordamida birlamchi spirtlar oli- nadi. 2.1. Etilenning to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyasi Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilish 1932-yildayoq o‘rganila boshlagan. Jarayon katalitik. Katalizatorni ikki sinfga bo‘lish mumkin: I. Suyuq katalizatorlar: 1) sulfat kislota (H 2 sO 4 ), xlorid kislota (HCl), fosfat kislota (h 3 pO 4 ) II. Qattiq katalizatorlar: 1) CaО+0,5V 2 О 3 +3,6n 3 RО 4 (kalsiy oksidi+bor oksidi +fosfat kis- lota); 2) Silikageldagi H 3 pO 4 ; 3) Аlumosilikatdagi H 3 pO 4 ; 4) Turli yoyuvchilardagi WO 3 (volfram oksidi). 88 Sanab o‘tilgan katalizatorlardan alumosilikatdagi H 3 pO 4 va sili- kageldagi volfram oksidi sanoat ahamiyatiga ega. 1949-yilda Hamdo‘stlik mamlakatlarida (R.F) etilenni to‘g‘ridan- to‘g‘ri gidratatsiya usuli bilan etil spirt ishlab chiqarishning birinchi sanoat qurilmasi ishga tushirilgan. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri etil spirtiga gidratatsiya jarayoni bir bosqichda ketib, qaytar ekzotermik reaksiyadan iborat: C 2 h 4 +h 2 О C 2 h 5 ОH+10,9 kkal/mol Reaksiya hajmning kamayishi bilan ketganligi sabab, termodi- namik jarayonni spirt hosil bo‘lish tomoniga muvozanatni siljitish omillari quyidagilardir: yuqori bosim, quyi harorat suv va etilenlarni yuqori nisbatlari. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling