B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Fenol va atsetonlar olishning kumol usuli


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
1.3.4. Fenol va atsetonlar olishning kumol usuli
Fenol va atsetonlar olishning kumol usuli ikki bosqichdan iborat:
1. Kumol (izopropilbenzol)ni izopropilbenzol gidroperoksidi
(IPB GP)gacha oksidlash;
2. IPBGPni fenol va atsetonlarga kislota yordamida parchalash.
Birinchi bosqich (IPBni IPB GPgacha oksidlash)
Kumolni oksidlash havo yoki texnik kislorod bilan 110–120ºC
haroratda va 3–5 atmosfera bosimi ostida kobalt yoki marganets naf-
tenatlari yoki rezinatlari–katalizatorlari ishtirokida olib boriladi:
Gidroperoksid parchalanib yonaki mahsulotlar hosil bo‘lishini ol-
dini olish maqsadida oksidlash 25–30% dan ortmaydigan chuqurlik-
kacha olib boriladi.
180–200°C, 10–15atm
Co rezinati
3
2
3
3
110–120°C
3–5 atm


82
Biroq shunday ehtiyotlikda ham oksidlash mahsulotlarida 1,7–2%
gidroperoksid parchalanish mahsulotlari mavjud bo‘ladi.
Оksidlash soatiga 5–7% gidroperoksid hosil bo‘lish tezligi bilan
boradi. 4 soatda jarayon 120ºC haroratda, taxminan 30% gidroperok-
sid hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Izopropilbenzolni gidroperoksidga oksidlanish kinetikasi quyida-
gicha xarakterlanadi.
Аvvaliga ma’lum vaqt oksidlash jarayoni juda sekin kechadi,
ushbu induksion davrda gidroperoksid yig‘ilib boradi, so‘ngra ok-
sidlash tezligi keskin ortadi, oksidlashning ikkinchi soatidayoq oksi-
datda gidroperoksidni vaqt o‘tishi bilan ortib boruvchi parchalanish
mahsulotlari ko‘rina boshlaydi.
Induksion davrni qisqartirish uchun xomashyoga kam miqdorda
(2–3 %) gidroperoksid, parchalanish mahsulotlarini hosil bo‘lishini
pasaytirish uchun esa gidroperoksid yig‘ilishiga bog‘liq holida ok-
sidlash kolonnasi haroratni uning balandligi bo‘yicha pasaytirilib bo-
riladi.
Izopropilbenzolni oksidlash jarayoni ikki modifikatsiyada amalga
oshirilishi mumkin:
А) emulgatorlar (natriy alkilsulfonati) qo‘llab suv–ishqor emulsi-
yasi (1% konsentratsiyali soda eritmasi)da;
B) «quruq» usul deb nomlangan initsiatorlar ishtirokida toza
izopropilbenzolni oksidlash. Rossiyada ikkinchi usul keng ishlatila-
di.
Reaksiyaga kirgan izopropilbenzolga nisbatan IPB GP ni salmog‘i
95% gacha yetadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling