82
Biroq shunday ehtiyotlikda ham oksidlash mahsulotlarida 1,7–2%
gidroperoksid parchalanish mahsulotlari mavjud bo‘ladi.
Оksidlash soatiga 5–7% gidroperoksid hosil bo‘lish
tezligi bilan
boradi. 4 soatda jarayon 120ºC haroratda, taxminan 30% gidroperok-
sid hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Izopropilbenzolni gidroperoksidga oksidlanish
kinetikasi quyida-
gicha xarakterlanadi.
Аvvaliga ma’lum vaqt oksidlash jarayoni juda sekin kechadi,
ushbu induksion davrda gidroperoksid yig‘ilib boradi, so‘ngra ok-
sidlash tezligi keskin ortadi, oksidlashning
ikkinchi soatidayoq oksi-
datda gidroperoksidni vaqt o‘tishi bilan ortib boruvchi parchalanish
mahsulotlari ko‘rina boshlaydi.
Induksion davrni qisqartirish uchun xomashyoga kam miqdorda
(2–3 %) gidroperoksid, parchalanish mahsulotlarini hosil bo‘lishini
pasaytirish uchun esa gidroperoksid yig‘ilishiga bog‘liq
holida ok-
sidlash kolonnasi haroratni uning balandligi bo‘yicha pasaytirilib bo-
riladi.
Izopropilbenzolni oksidlash jarayoni ikki modifikatsiyada amalga
oshirilishi mumkin:
А) emulgatorlar (natriy alkilsulfonati) qo‘llab suv–ishqor emulsi-
yasi (1% konsentratsiyali soda eritmasi)da;
B) «quruq» usul deb nomlangan initsiatorlar
ishtirokida toza
izopropilbenzolni oksidlash. Rossiyada ikkinchi usul keng ishlatila-
di.
Reaksiyaga kirgan izopropilbenzolga nisbatan IPB GP ni salmog‘i
95% gacha yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: