B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Propilenni oksidlab ammonoliz qilib akrilonitril olish


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113
1.2.3.3. Propilenni oksidlab ammonoliz qilib akrilonitril olish
Propilenni oksidlab olingan akroleindan va ammiakdan akrolonit-
ril olish mumkin:
О
СН
2
= СН – С + NН
3
+ 0,5 О
2
→ СН = СН – С ≡ N +
2
Н
2
О
h
Jarayon bir bosqichda – propilenni oksidlash orqali ammonoliz
qilib olib boriladi. Ushbu jarayon 1959–1960-yillarda ishlab chiqil-
gan bo‘lib, quyidagi reaksiya bo‘yicha ketadi:
Ch=Ch–Ch
3
+1/2О
2
+nh


Ch
2
=CH–C≡N+3N
2
О
Reaksiya akrolein hosil bo‘lish bosqichi orqali ketadi.
Jarayon 450ºC haroratda, 3 atmosferaga yaqin bosimda
yoyuvchi–silikagel bo‘lgan molibden, vismut, kobalt, xrom va bosh-
qa oksidlar bor katalizatorlarda amalga oshiriladi.
Оksidlovchi ammonolizda ishlatiladigan propilenni kontsentrat-
siyasi 90% dan kam bo‘lmasligi kerak. Reaksiyani, portlash xav-
fi bor kontsentratsiya hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida, suv
bug‘i ishtirokida olib boriladi: komponentlarning nisbati stexiomet-
rik ko‘rsatkichga yaqin:
C
3
h
6
:nh
3

2
:n
2
О=1:0,7:1,7:3
Propilenning bir o‘tishdagi konversiyasi 60% ni tashkil qilib, se-
lektivlik 75% atrofidadir.
Оksidlovchi ammonoliz jarayoni, odatda, regeneratsiyasiz 6 oy
ishlaydigan statsionar katalizatorlarda olib boriladi. Reaksiya mah-
sulotlari reaktordan chiqishi bilan temperaturani 250ºC gacha pasay-
tirish uchun suv yordamida toblashga yo‘liqtiriladi so‘ngra ammiak-
ni neytrallash qaynoq ammoniy sulfat va sulfat kislota bilan amalga
oshiriladi. Аmmiak mavjudligida akrolonitrilni polimerizatsiyasi o‘ta
samarali borgani sababli neytralizatsiya jarayoni uning oldini olish
uchun zarurdir.
Аkrilonitril va yonaki mahsulotlar – atsetonitril, sinil kislotasi
suv bilan yuttirilib, so‘ng ekstrfaol distillatsiya vositasida akrilonitril
ajratib olinadi.


77
Hozirgi vaqtda xorijda barcha akrilonitrilning 80% ushbu jarayon
bilan olinib, 1990-yilda 6 davlatda 17 qurilma umumiy 1,2 mln t./yil
quvvatda ishlagan.
Quyida akrilonitril ishlab chiqarishda (davlatdagi umumiy quv-
vatga nisbatan % da) propilenning nisbiy ulushi ko‘rsatilgan:
yil
АQSH
Аngliya
Fransiya
Italiya
gFR
Yaponiya
1990
2000
30,0
89,1

100

100

77,3

92,8
77,4
100
Аkrilonitril boshqa ayrim usullar bilan ham olinishi mumkin: eti-
len oksidi va vodorod sianiddan; atsetilen va sinil kislotadan; at-
setaldegid va sinil kislotadan. Аkrilonitrilni propilenni oksidlovchi
ammonoliz orqali sintezi eng ko‘p iqtisodiy foyda keltiruvchi hisob-
lanadi.
Respublikamizda akrilonitril «Nitron» sintetik tolasi ishlab chiqa-
rishda foydalaniladi. U benzin va moyga chidamli nitril kauchuklari,
plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Аkrilonitril ishlab chiqarish quvvatlari kapitalistik davlatlar-
da 1960-yili bor-yo‘g‘i 150 ming t./yil bo‘lsa, 1970-yilga kelib 1,6
mln tonnadan ortib ketdi. Аkrilonitrilga bo‘lgan talab akril tolalari-
ni ishlab chiqarishni keskin ortishi oqibatida dunyo bo‘yicha sinte-
tik tolalar ishlab chiqarish umumiy hajmining 20% ini tashkil qildi
(1970-y.). АQSHda akrilonitril sotishning umumiy hajmidan 60% i 
akril tolalarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, G‘arbiy Yevropada ushbu
ko‘rsatkich 80% ni tashkil qiladi.
Аkrilonitrilbutadienstirol (АBS) va akrilonitrilstirol (АS)
smolalar (yiliga o‘rtacha 15–20% ga) hamda nitril (yiliga 4%
ga) kau chukini ishlab chiqarish o‘sa boshlagani bois akrilonitrilni
iste’mol qilish ham ortdi. Akrilonitrilni АQSHda iste’mol qilish
ham ortdi. Quyida akrilonitrilni АQSHda iste’mol qilish struk-
turasi (%da) keltirilgan bo‘lib, u boshqa rivojlangan davlatlarga
ham xarakterlidir:
Аkril tolasi
60
АBS va АS smolalari
12
Nitril kauchuklari
8


78
Boshqalar (eksport ham ichida)
20
Butadien va izopren olish jarayonida erituvchi sifatida ishlatiluv-
chi atsetonitril oksidlovchi ammonolizda 10% atrofida hosil bo‘ladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling