B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Propilen oksidi olishning turli usullari


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
1.2.1.2. Propilen oksidi olishning turli usullari
Hozirda propilen oksidi xlorgidrin usuli bilan olinmoqda. Ushbu
usul bo‘yicha jarayon etilen oksidi olish kabi olib boriladi. Propi-
lenni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlab propilen oksidi olish jadal sur’atlar
bilan ishlab chiqilayapti.
So‘nggi vaqtlarda propilen oksidini olishning bir nechta yangi
usullari taklif qilindi. Ular Prilejayevning ma’lum reaksiyasiga asos-
langan: olefinlar gidroperoksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashib olefinlar
oksidi hosil bo‘ladi.
Gidroperoksidlar sifatida nafaqat alifatiklari, aromatiklari ham
ishlatiladi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarida (R.F) akademik Emanuel va uning
hamkorlari propilen oksidini atsetaldegid va propilenlarni o‘zaro
bog‘lanishli oksidlash orqali olishni taklif etdi. Birinchi bosqichda
atsetaldegidni nadsirka kislotasiga oksidlash reaksiyasi ketib, hosil
bo‘lgan kislota ikkinchi bosqichda kislorodini propilenga berib yu-
boradi. Bunda ikki qimmatli mahsulot – propilen oksidi va sirka kis-
lotasi hosil bo‘ladi.
1.2.1.2.1. Propilen oksidini etilbenzoldan olish usuli
«Halqon» firmasi tomonidan taklif etilgan propilen oksidi olish-
ning boshqa jarayoni – etilbenzolning gidroperoksidini ishlatishga
asoslangan. Ushbu jarayon sanoat sharoitlarida qo‘llab ko‘rilgan va
yaxshi natijalar ko‘rsatgan.
Jarayon uch bosqichdan iborat:
1. Etilbenzolni gidroperoksidga oksidlash:
Reaksiya 100–120ºC haroratda va 3–5 atmosfera bosimi ostida
ketadi, oksidlash havo bilan amalga oshiriladi. Katalizatorlar sifatida
molibden, volfram, vanadiy naftenatlari va boshqalar ishlatiladi.


72
Gidroperoksidning salmog‘i miqdoriy, u yetarli barqaror va kont-
sentrlangan holida ajratib olinishi mumkin.
2. Propilenni etilbenzol gidroperoksidi yordamida propilen oksidi
va metilbenzil spirtiga aylantirib epoksidlash:
Ushbu reaksiya 80–130ºC haroratda, 17,5–70 atmosfera bosimi
ostida 1–3 soatda ketadi. Katalizator sifatida marganets naftenati ish-
latiladi. Оlefin: gidroperoksid=2¸6:1 mol nisbatda.
Gidroperoksidni amaldagi to‘la konversiyasida propilen oksidini
salmog‘i 90–95% ga yetadi.
3. Metilbenzil spirtini stirolgacha degidratatsiyasi:
Ushbu reaksiya 220–250ºC da yoyuvchidagi titan oksidi ishtiro-
kida ketib, stirol miqdoriy salmoqda hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, jarayon ikki qimmatli mahsulot – propilen oksidi
va stirol olish imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda chet mamlakatlarda propilen oksidi ishlab chi-
qarish quvvatlari 1,5 mln.t ga, ishlab chiqarishning o‘sishi 15% ga
to‘g‘ri kelayapti.
Etilen va propilen oksidlari mos holidagi glikollar, etanol va pro-
panolaminlar hamda noionogen yuvish vositalari ishlab chiqarishda
ishlatiladi. Etilen oksidi sintetik kauchuk va tolalarning ilk monome-
ri bo‘lgan akrilonitril ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling