B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Оlefinlarni aldegidlar va ketonlargacha oksidlash
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2.2. Оlefinlarni aldegidlar va ketonlargacha oksidlash
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan hamma aldegidlar ichida ishlab chiqarish ko‘lami bo‘yicha atsetaldegid birinchi o‘rinni egallaydi. АQSHda 2000-yilda 5630 ming tonnaga yaqin atsetaldegid ishlab chiqarilgan. 73 Yaqin paytlargacha uni olishning quyidagi usullari ma’lum edi: etil spirtini oksidlab degidridlash, mis katalizatorida etil spirtini de- gidrirlash, Kucherov usuli bo‘yicha atsetilenni gidratatsiya qilish, etilen oksidini izomerlash. 1959-yili Shmidt tomonidan palladiy xloridi katalizatoridan foy- dalanib suv yoki suv bug‘i ishtirokida olefinlarni karbonil birikma- larga oksidlash jarayoni ishlab chiqildi. Bir bosqichda ushbu usul bo‘yicha etilen oksidlanganda atsetaldegid hosil bo‘ladi: Оksidlash 100–200ºC haroratda palladiy xloridni suvli eritmasi- da 3–10 atmosfera bosim ostida olib boriladi. O‘tkazilgan etilenga nisbatan atsetaldegidning salmog‘i 90–95% ga yetadi, shu bilan bir- ga 1–1,5% sirka kislotasi va 1–1,3%ga yaqin xlorli hosilalar hosil bo‘ladi. Etilenni atsetaldegidga oksidlash reaksiyasi turli usullar bilan olib borilishi mumkin: bir va ikki reaktorli jarayonni suyuq katalizator vositasida va qattiq katalizator ishlatish orqali. Birinchi holida reaktorga hamma komponentlar kiritiladi. Ikki reaktorli sxemada metallik palladiyni palladiy xloridga aylantirish, ya’ni katalizatorni regeneratsiyasi alohida apparatda amalga oshiri- ladi. Statsionar katalizator ishlatilganda promotorlar va katalizator qat- lamlari orqali etilen hamda suv bug‘i aralashmasi o‘tkaziladi. Аtsetaldegid hosil bo‘lish reaktsiyasi ekzotermikdir, shuning uchun reaktor yaxshi sovutishni talab qiladi. 1970-yili xorijda atsetaldegid ishlab chiqarish 2 mln. t/yiliga (1,03 mln t. АQSHda, 550 ming t./yildan G‘arbiy Yevropa va Yapo- niyada) dan ortib ketdi. 1965-yildayoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan hamma atse- taldegidning 68% etilen asosida bo‘lgan. GFRda etilen asosga o‘tish sekinroq amalga oshgan (atsetilenda ishlagan qurilmalarning ko‘p sondaligi bois). АQSHda ishlab chiqarishning ko‘pchiligi etanol asosda edi, biroq 2000-yili etilen usulining ulushi 54% ni tashkil 74 etdi. 2000-yildagi yetakchi kapitalistik davlatlarni atsetaldegid ishlab chiqarish xomashyo bazalari strukturasi 9-jadvalda keltirilgan. 9-jadval Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling