B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Sintetik yog‘ kislotalari ishlab chiqarish


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
1.1.3.1. Sintetik yog‘ kislotalari ishlab chiqarish
SYOK ishlab chiqarishga xomashyo sifatida tozalangan qat-
tiq neft parafini, qo‘ng‘ir ko‘mir parafini yoki Fisher–Tropsh usuli
bo‘yicha olingan parafin xizmat qiladi.
Jarayonni o‘tgan asrning 30–40-yillarida Germaniyada sanoat
miqyosida amalga oshirishga kirishilgan. Hamdo‘stlik mamlakatlari
(R.F)da esa 1953-yilda yirik SYOK ishlab chiqarish amalga oshiril-
gan. Keyinchalik yana ko‘p SYOK sexlari ishga tushirilgan. Ishlab
turgan SYOK ishlab chiqarish zavodlarida SYOK–t
erish
=52–54ºC va
moylar miqdori 2,3% dan ortiq bo‘lmagan qattiq parafinlarni oksid-
lashga asoslangan.
Sanoatda oksidlash jarayoni 105–120ºC haroratda kaliy perman-
ganat (0,25% KMnO
4
, parafinga nisbatan og‘irlik birligida) ishtiro-
kida olib boriladi. Оksidlash havo bilan olib boriladi.
8-chizma. Sintetik yog‘ kislotalarini olish prinsipial texnologik sxemasi.
Parafin
Havo
syOk
h
2
sO
4
h
2
O
na
2
CO
3
h
2
O
h
2
O
naOh
h
2
O
120°C


67
Qattiq parafin uglevodorodlarni oksidlaganda gidroperoksid ho-
sil bo‘ladi hamda u bir qancha va turli yo‘nalishlarda parchalanib,
aldegidlar, ketonlar, kislotalar va boshqa mahsulotlar hosil qiladi.
Shunday qilib, ilk parafinlar oksidlab destruksiya qilinishi oqibati-
da kislotalar hosil bo‘ladi. Kislorod istalgan uglerod atomiga biri-
kib olishi mumkinligini hisobga olinsa, uzilish ham istalgan yerdan
amalga oshishi mumkin. Shu bois oksidlash natijasida C
1
dan C
25
gacha bo‘lgan keng gamma kislotalar hosil bo‘ladi.
SYOK ishlab chiqarish quyidagi sxema asosida amalga oshirila-
di.
Zanglamas po‘latdan yoki aluminiydan tayyorlangan kolonnaga
parafin (1 qism yangi va 2 qism jarayonga qaytarilgan) solinadi va
120ºC gacha isitiladi. Ushbu haroratda suvda tayyorlangan 15% li
KmnО
4
eritmasi – katalizat parafin bilan alohida apparatda aralash-
tirib beriladi. Kaliy permanganat parafinda yaxshi taqsimlanadi va
shu bilan birga u MnО
2
gacha qaytariladi. Kolonnaga katalizator
(parafinga nisbatan 0,1–0,3% miqdorda) solingandan so‘ng havo
(1t parafinga 60 m
3
/soat) beriladi. Jarayon 20–24 soat davomida
amalga oshirilib, reaksiya oxirida harorat 120ºC dan 105ºC gacha
pasaytiriladi.
Оksidlash 30–35% chuqurlikkacha olib boriladi.
Reaksiya tugallangandan so‘ng oksidat kukunsimon katalizator
qoldig‘idan tozalash uchun tindirgichga yo‘naltiriladi. So‘ngra oksi-
dat quyi molekular kislotalar va katalizator qoldiqlaridan suv yorda-
mida yuviladi. Yuvilgan katalizat sovunlanishga jo‘natiladi. Sovun-
lash jarayoni 2 bosqichda olib boriladi: 1-bosqich – karbon kislota-
larni 25% li soda eritmasi bilan sovunlanishi:
2RCOOh+na
2
CO
3
2RCOOna+h
2
O+CO
2
1-bosqich sovunlanishdan so‘ng oksidat tindiriladi, bunda
1-sovunlanmagan va asosan parafindan tashkil topgan mahsulot aj-
ratib olinadi va oksidlashga qaytariladi. Sovunlashga mahsulotni
30% li NaОN bilan avtoklavda 160–170ºC temperaturada keyingi
sovunlanishi amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot tindiriladi, bunda
qo‘shimcha miqdorda 1–sovunlanmagan mahsulot hosil bo‘ladi va
u oksidlashga qaytariladi. Аyrim hollarda unga borat kislota bilan
ishlov berib, spirtlar (8–10%) ajratib olinadi. Sovun ishqorda ish-
90 100
0




C


68
lov berilgandan so‘ng ishqor bilan birga pechga jo‘natiladi. U yerda
320–340ºC temperaturada va 20–22 atmosfera bosimi ostida murak-
kab efirlar, ketonlar va laktonlarni sovunlanishi amalga oshiriladi
(2-bosqich).
Mahsulotlar pechdan so‘ng kolonnaga yo‘naltiriladi. U yerda
320ºC temperaturada II sovunlanmagan mahsulotlar va suv haydab
ajratiladi. II sovunlanmagan mahsulotlardan borat kislota bilan ish-
lov berish oqibatida yog‘ spirtlar (kislotalarga nisbatan 20%) ham
ajratib olinadi. Ularning 2/3 qismi birlamchi, 1/3 qismi esa ikkilam - 
chi spirtlardir. Spirtlar ajratib olingach II sovunlanmagan mahsulot-
lar oksidlashga qaytariladi.
Quruq sovun suv bilan yoki natriy sulfatni suvli eritmasi bi-
lan suyultirilib, parchalash uchun yo‘naltiriladi. Parchalash 92–
96% konsentratsiyali sulfat kislota yordamida 80–90ºC da amalga
oshi riladi. «Хom» yog‘ kislotalar natriy sulfat eritmasidan tindiri-
ladi va kislota qoldiqlaridan suv bilan yuvishga jo‘natiladi. So‘ng
ular suvsizlantiriladi va vakuum kublar sistemasiga distillatsiya
uchun yo‘naltiriladi.
Birinchi kubda 160–180ºC da va 200–300 mm sim.ust. qoldiq
bosimida C
5
–C
6
kislotalar haydaladi.
Ikkinchi kubda 170–180ºC da va 20 mm sim.ust. qoldiq bosimida
C
7
–C
9
kislotalar haydaladi.
Navbatdagi kubda 185ºC da va 15 mm sim.ust. C
10
–C
13
kislotalar
haydaladi. To‘rtinchi kubda 200ºC da va 15 mm sim. ust. C
13
–C
18
kislotalar va so‘nggi kubda 280ºC da va 15 mm sim.ust. C
17
–C
20
kis-
lotalar haydab olinadi.
Аyrim hollarda C
23
–C
25
kislotalar 310ºC da va qoldiq bosim 15
mm sim.ust. ajratib olinadi.
Sintetik yog‘ kislotalar 10% gacha dikarbon kislotalarni o‘z ichi-
da saqlaydi.
Bir tonna parafindan 450–600 kg C
10
–C
20
sintetik yog‘ kislotalar
va 100 kg ga yaqin C
10
–C
20
sintetik yog‘ spirtlar olinadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling