B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilib
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аsosiy apparatlar
2.1.2. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilib
etil spirti olish texnologiyasi 10-chizmada etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidrotatsiya qilib, etil spir- ti ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi keltirilgan. 10-chizma. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyalab, etil spirti ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi. Gazni ajratish sexidan kelayotgan etilen 70 atmosfera bosimi os- tigacha siqiladi, sirkulatsion gaz bilan aralashtirilib va bug‘ konden- sati bilan birga 1,2–issiqlik almashtirgichga yuboriladi. Neytralla- nish mahsulotlari issiqligi hisobiga aralashma 200ºC gacha isiydi. Keyin bug‘–gaz aralashmasi 3–pechda 280–290ºC gacha isitiladi va 4–gidratatorga keladi. Bunda u katalizator qavati orqali yuqoridan pastga tomon o‘tadi. Gidratatordan chiqishda bug‘–gaz aralashmasi (olib ketilgan H 3 PО 4 , spirt, etilen, suv) NaОH bilan neytrallanadi, Natriy tuzlari 5–tuz ajratkichda ajratiladi, bug‘-gaz aralashmasi esa 1,2–issiqlik almashtirgichda sovitilgandan so‘ng 6–yuqori bosim se- paratoriga yo‘naltiriladi, 5–6 atmosfera bosimi ostigacha drossella- nadi va 8–quyi bosim separatoriga yuboriladi. Gaz aralashmasi yuqori bosim separatoridan spirtni suv bilan yu- vib tashlash uchun 7–skrubberga keladi, so‘ng siqiladi va jarayonga qaytariladi. 7–skrubberdan bosimni 5–6 atmosfera bosimi ostiga cha tushirish hisobiga erigan etilenni ajratish uchun spirtli kondensat 8–quyi bosim separatoriga boradi. Etilen siqish uchun yuboriladi va jarayonga qaytariladi yoki gazni ajratish sexiga jo‘natiladi. Suvli spirt esa rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi. 3 4 5 1 2 6 7 8 92 Аsosiy apparatlar: 1. Gidratator. Ichi bo‘sh, butun quyilgan apparat, d tashqi =1400 mm, d ichki =1260 mm, futerovkasi misdan. Katalizator qatlamining baland- ligi 7 m plyus 1 m yoyuvchiniki. 1t absolut spirt uchun katalizator sarfi – 5,25 kg. To‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya usuli o‘ta istiqbolli, uning ke- yingi mukammallashtirilishi eng ko‘proq faol katalizatorlarni tan- lab olish bilan va suyuq fazada gidratatsiya jarayonini olib borish yo‘llarini qidirib topish bilan bog‘liqdir; shu bilan birga jarayon ha- roratini pasaytirish va etilen konversiyasini oshirish mumkin bo‘ladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya usuli katta quvvatli qurilmalar yara- tish imkonini beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya jarayonining kamchiligi – kata- lizatorni tez-tez almashtirilish va qimmatroq konsentrlangan eti- len fraksiyasini ishlatilishi bo‘ladi. Shu sababli sanoatda ikki usul mavjud. АQSHda olefinlarni gidratatsiya qilishda sulfat kislota usuli ishlatiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratatsiya yo‘li bilan etil spirti, sulfat kislota usuli bilan esa izopropil spirti olinadi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling