B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Ikkinchi bosqich (IPB GPni parchalanishi)
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.4.1. Izopropilbenzolni oksidlab fenol va atseton olish texnologiyasi
Ikkinchi bosqich (IPB GPni parchalanishi)
IPB GP ni parchalanishi 60ºC dan ortiq bo‘lmagan haroratda kis- lota (hammadan ham ko‘proq sulfat) ishtirokida amalga oshadi: IPB GP ning parchalanish tezligi sulfat kislota kontsentratsiyaga bog‘liq. Аmalda 95–96% li sulfat kislotaning atsetondagi 1% li erit- 2 3 3 3 83 masi ishlatiladi. IPB GP ni parchalanishi ko‘p issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi, shuning uchun u yaxshigina olib chiqib ketilishi lozim. Bu jarayon reaksion massani tashqi sovutkich orqali sirkulatsiya qi- lish, hamda sulfat kislota eritilgan atsetonning bug‘lanishi va so‘ngra uni kondensatsiyalanishi hisobiga amalga oshiriladi. 1.3.4.1. Izopropilbenzolni oksidlab fenol va atseton olish texnologiyasi Kumol usuli bilan fenol va atsetonlar olish prinsipial texnologik sxemasi 9-sxemada keltirilgan. 9-chizma. Fenol va atsetonlar olish bilan boradigan izopropilbenzolni ok- sidlash texnologik sxemasi. Issiqlikni olish uchun suvi sirkulatsiya qilinadigan likopchalarga joylashtirilgan ilon izi quvurchalar-kolonnada oksidlash jarayoni olib boriladi. Siklga qaytarilgan IPB bilan ilk IPB aralashib, kolonnaning yuqori qismidan beriladi. Оksidlash uchun aluminiy xloridda benzolni propilen bilan ok- sidlash orqali olingan IPB dan foydalaniladi, chunki uning tarkibida oksidlash jarayonini tormozlovchi olefinlar bo‘lmaydi. Kolonnaning yuqori qismida harorat 120ºC da ushlab turiladi, kolonna pastiga tushgan sari u ham pasayadi va pastki qismida 108–110ºC ga teng bo‘ladi. Atmosferaga α metilstriol Atseton Fenol Kub qoldig‘i oksidat havo qurilish gp pm h 2 sO 4 naOh ipb ipb h 2 O naOh 84 Kolonnaning yuqorisidan chiqqan havo IPB dan holi qilinadi. Kolonnadan 20–25% gidroperoksid saqlagan oksidat chiqadi va u reaksiyaga kirishmay qolgan IPB dan haydash maqsadida vakuum kolonnaga yo‘naltiriladi. Haydash 30 mm. sim. ust. qoldiq bosimda va kolonnaning tubi temperaturasi 85–92ºC da olib boriladi. Ishqor bilan ishlov berilib va quritilgandan so‘ng haydalgan IPB oksidlash- ga qaytariladi, gidroperoksid esa 70–75% kontsentratsiya bilan par - chalanishga yo‘naltiriladi. Ba’zan IPB GPini 90–92% konsentratsi- yagacha vakuum kolonnada qoldiq bosim – 10 mm sim.ust. va ko- lonna tubi 95ºC bo‘lganda olinadi. IPB GP ni parchalash 40–60ºC haroratda olib boriladi. So‘ngra parchalanish mahsulotlari (PM) ishqor bilan neytrallanadi va rektifi- katsiyaga yo‘naltiriladi. U yerda oldin atseton, so‘ngra a–metilstirol va fenol hamda 7% gacha (fenolga nisbatan) hosil bo‘lgan yonaki mahsulotlar haydalib chiqadilar. Nordon mahsulotlar mavjudligi bois apparatura zanglamas po‘latdan yasaladi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling