B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Respublika tumanlari va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Respublika tumanlari va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy 


185 
rivojlanishi indikatorlari tizimi – respublika mahalliy tuzilmalari 
hududlari iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasining rivojlanishini tavsiflaydi. 
Sarf-xarajatlar balansi – makroiqtisodiyotda YaIMni ishlab 
chiqarishga ketgan jami xarajatlari va yaratilgan yalpi milliy mahsuloti 
oxirgi iste’mol maqsadida ishlatilishi orasidagi balans. 
Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash jarayonida uning bir qismini 
davlat ixtiyoriga olish shaklidir. Soliq byudjet va byudjetdan tashqari pul 
fondlarini tashkil etishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
Strategik rejalashtirish mantig’i – bu strategik rejalashtirish 
muammolarini hal etish bilan bog’liq tartibotlarning tartibga keltirilgan 
izchilligi, asoslanganligi. 
Xo’jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi indikatorlari tizimi – iqtisodiyot real sektorining nodavlat 
va davlat korxonalari hamda ijtimoiy soha tarmoqlari byudjet tashkilotlari 
(muassasalari)ning rivojlanish indikatorlarini o’z ichiga oladi. 
Ekspert (baholash) yoki evristik usullar – bilvosita va to’liqsiz 
axborotdan, ekspert mutaxassislar tajribasidan, ichki hissiyotdan 
foydalanishga asoslangan. 
Shartnomaviy rejalashtirish – korxonalar, birlashmalar, banklar, 
hokimiyat va boshqaruv organlari o’rtasida ixtiyoriy va o’zaro foydali 
asosda quriladigan tijorat munosabatlarini tartibga soladi. 
Yo’l qo’yiladigan qiymatlar sohasi – bu hozirgi vaqtda rejani 
tuzuvchining ixtiyorida mavjud bo’lgan amalga oshirish uchun yaroqli 
hisoblangan ko’plab muqobil variantlar. Ushbu muqobil variantlar bir 
birini inkor etadigan darajada shakllantirilishi kerak.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling