182
Iqtisodiy-matematik
usullar
ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarni,
iqtisodiyotning muvozanatini tahlil qilish, iqtisodiy o’sishni
prognoz
qilishning o’ziga xos usullarini namoyon etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi indikatorlari tizimi – tarmoqlar, tarmoqlararo majmualar,
shuningdek
respublika
aholisiga
xizmatlar
ko’rsatish
sohasi
rivojlanishining muhim yo’nalishlarini aks ettiradi.
Iqtisodiy tahlil o’tmish va hozirgi davr to’g’risidagi
axborotni
baholash sifatida iqtisodiy ishning mustaqil unsuri sifatida ko’rib
chiqiladi.
Iqtisodiy o’sish – real milliy daromadning yoki real milliy
daromadni (mahsulotni) aholi jon boshiga o’sishi
sifatida aniqlash
mumkin.
Ishchi kuchi – odamlarning mehnat qobiliyati, hayot ne’matlarini
ishlab chiqarish jarayonida u ishga soladigan jami jismoniy va ma’naviy
kuchlar.
Ish vaqti – ishlab chiqarishda band bo’lgan aholining ishlagan vaqti
hajmi.
Yig’ma moliyaviy balans – bu davlatda
yoki muayyan hududda
yaratilgan va foydalanilgan moliyaviy resurslar balansi.
Jamiyatning ehtiyojlari – bu murakkab, dinamik tizim bo’lib, u
quyidagi kichik tizimlardan tarkib topgan: a) moddiy ne’matlarga bo’lgan
ehtiyoj; b) nomoddiy ehtiyojlar.
Do'stlaringiz bilan baham: