B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi 
byudjet loyihasini tuzish uchun asosiy axborot manbai bo’lib xizmat 
qiladi va u o’z navbatida hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish ma’lumotlari, rejalashtirilayotgan yil uchun rivojlanish 
tendenstiyalari va boshqa ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. 
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi – 
umumlashtirilgan 
makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar 
va 
respublika 
ko’rsatkichlarning cheklangan doirasi bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini o’z 
ichiga oladi. 
Dastur – bu hodisa rivojining maqsadli yo’nalishlari va ularga 
erishishning rejalashtirilayotgan yo’llari tizimi. 
Demografik prognoz qilish – bu aholi harakatining asosiy 
parametrlari va demografik vaziyat: aholi soni, yosh-jins va oilaviy 
tarkibi, tug’ilishi, o’limi, migrastiyasini ilmiy asoslangan oldindan ko’ra 
bilish demakdir. 
Direktiv rejalashtirish – manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni 
bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida 
taqsimlash orqali amalga oshiriladi. 
Doiraviy rejalashtirish – faqat 10 yildan 20 yilgacha mo’ljallangan 
global maqsadlar va strategiyalarni shakllantiradi. U xalq va jahon 
xo’jaligi, aholi, texnologiyalar va hokazolarning taxminiy prognoz 
tendenstiyalari asosida uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini 
baholash uchun xizmat qiladi. 


180 
Etakchi bo’g’inlarni ajratish – strategik rejalashtirishning ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlarda va uning obyektlaridagi muvazanat uchun zarur 
bo’lgan sharoitlarni yaratish imkonini beruvchi muhim yo’nalishi. 
Foizdaromad, o’z mulkining boshqa jismoniy va huquqiy 
shaxslarga foydalanishga berish va shundan foyda olish. 
Foiz stavkasi – kredit yoki qarz stavkasi kapitali evaziga to’lovni 
foiz ko’rsatkichi. Odatda, qarzga olingan pul belgisini bir birligiga to’g’ri 
keladigan yillik to’lovni aks ettiradi. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling