194
Uzoq muddatli davrga mo’ljallangan ssenariylarni yoritish
Bazaviy (inerstion) ssenariy (1-variant): butun prognoz
qilinayotgan davr uchun makroiqtisodiy tartibga solishning yuzaga kelgan
ustuvor yo’nalishlarini va iqtisodiyotning real
sektorini modernizastiya
qilishga e’tiborni saqlab qolish (asosan bazaviy va qazib chiqaruvchi
tarmoqlar).
Faol ssenariy (2 va 3-variantlar) investistiya siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridagi o’zgarishlar, iqtisodiyotni boshqarishni,
davlat
institutlarini modernizastiya qilish jarayonlarini, moliyaviy tizimni
erkinlashtirish sur’atlarini jadallashtirish
va innovastion salohiyatni
rivojlantirish xarajatlarini oshirish.
2-variant (faol ssenariy) 2015-2020 yillarda davlat institutlarini
isloh qilishning yuzaga kelgan sur’atlarini saqlab qolgan holda,
investistiya resurslarini taqsimlashdagi ustuvor yo’nalishlarni real
sektordan R&Dni
rivojlantirish sektoriga, sanoatning qazib chiqaruvchi
tarmoqlaridan ishlov beruvchi tarmoqlariga ko’chirish zaruratidan kelib
chiqadi.
3-variantda (faol ssenariy) e’tiborni real
sektorni modernizastiya
qilishdan davlat institutlarini modernizastiya qilishga (2013-2015 yillar),
moliyaviy sektorga (2015-2020 yillar),
R&D sektoriga (2015-2025
yillar), yakuniy bosqichda joriy (5-chi) va kelgusi (6-chi) texnologik
uklad zamonaviy ishlab chiqarishlarini rivojlantirishga bosqichma-
bosqich ko’chirishning moslashuvchan strategiyasini
amalga oshirish
imkoniyati nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: