B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
11.4. Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ
rejalashtirish 11.4.1. Rejalashtirishda insoniyat rivojlanishining indikatorlari Ijtimoiy siyosatning samaradorligini aholining turmush darajasi ko’rsatkichi bilan baholash mumkin. Turmushning barcha tomonlari 154 dinamikasini nazorat qilish, uni o’tgan davrlar va boshqa mamlakatlar bilan, shuningdek, yuzaga kelgan oqilona ilmiy normalar bilan solishtirish imkonini beruvchi turmush darajasi indikatorlarining tizimi salomatlik ko’rsatkichlari va sog’liqni saqlash, bandlik, ovqatlanish, uy-joy sharoitlari ko’rstkichlarini, ro’zg’or buyumlarining mavjudligini, madaniyat darajasi, pullik xizmatlar ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. “BMTni rivojlantirish dasturi” mutaxassislari uchta kattalikdan o’rtacha ko’rsatkich sifatida hisoblab chiqiladigan turmush darajasining umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdi: aholi jon boshiga hisoblanganda YaIM, hayot kechirish davomiyligi va aholining ma’lumot darajasi (25 yosh va undan kattalar). Bu indikator “Inson rivoji indikatori” deb nomlangan. Davlat darajasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy hamkorlik instituti hal qiluvchi rol o’ynaydi. G’arbiy Evropa mamlakatlarida tadbirkorlar, kasaba uyushmalari va davlat vakillaridan iborat uch tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy kengashlarning shakllanishi ijtimoiy hamkorlikning rasmiy siyosatga aylanishi ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Turli mamlakatlarda ular turlicha nomlanadi. Italiyada 1947 yilda Iqtisodiyot va mehnat milliy kengashi, Belgiyada 1948 yilda shunga o’xshash organ tashkil etildi, Franstiyada iqtisodiy va ijtimoiy qo’mita 1958 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bunday kengashlar Gollandiya (1950 y.), Angliya (1962 y.), Irlandiya (1973 y.) va Lyuksemburgda (1966 y.) ham tashkil etilgan. Evropa Ittifoqi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy qo’mita faoliyat ko’rsatib, u boshqa Funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda milliy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirishga ham ko’maklashadi. Ijtimoiy hamkorlik siyosati milliy doiralardan chetga chiqib, muvofiqlashtirilgan xalqaro (mintaqaviy) siyosatga aylanib bormoqda. Mamlakat ko’lamlarida konsensusni ta’minlash ijtimoiy hamkorlik mexanizmining Funksiyalaridan biri hisoblanadi. Mazkur Funksiyani bajarish uchun iqtisodiy va ijtimoiy kengashlar hukumat va parlamentga ijtimoiy muammolarga taalluqli qonun hamda qarorlar loyihalari bo’yicha muntazam maslahat berib turish barobarida, mehnat munosabatlari subyektlarining manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy adolat o’rnatish yuzasidan uyg’unlashtirilgan siyosatni ishlab chiqadi. Davlat darajasida ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish milliy daromadni qayta taqsimlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Yan Tinbergen qator mamlakatlar uchun milliy daromadni aholining ijtimoiy ehtiyojlari uchun qayta taqsimlash ulushiga baho berdi va uni shartli ravishda 155 ijtimoiylashtirish ko’rsatkichi deb atash mumkin. To’rtta mamlakat uchun ushbu ko’rsatkich quyidagi tarzda namoyon bo’ladi: Shvestiya - 0,299, Niderlandiya - 0,28, AQSh - 0,125, Yaponiya - 0,1. G’arbiy Evropaning boshqa mamlakatlar ko’rsatkichlari Shvestiya va Yaponiyaning ekstremal ko’rsatkichlari orasida turadi. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmi bir necha yo’nalishlarni ko’zda tutadi. Bunga quyidagilar kiradi: ijtimoiy sug’urta; ish haqi sohasidagi siyosat; mehnat bozoridagi ijtimoiy chora-tadbirlar; uy-joy siyosati. Ijtimoiy sug’urta – aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy unsuri hisoblanadi. Ijtimoiy sug’urta tizimining maqsadi kasal bo’lish holatida va qariyalik davrida, baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarish bo’yicha kasallanishlar, ishsizlik munosabati bilan insonning iqtisodiy himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Davlat ijtimoiy sug’urta tizimi birinchi bo’lib Germaniyada XIX asr oxirida baxtsiz hodisalar va kasallik bo’yicha sug’urtalash to’g’risidagi (1883 - 1884 yy.), qariyalik va nogironlik bo’yicha pensiyalarning joriy etilishi to’g’risidagi (1889 y.), qonunlarning qabul qilinishi bilan tashkil etildi, so’ngra Avstriya, Daniya, Franstiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ham ana shunday tizim yo’lga qo’yildi. Sug’urtalashning ikkita xili mavjud – majburiy va ixtiyoriy. Ixtiyoriy sug’urta ham huddi majburiy sug’urta singari sug’urta to’g’risidagi qonun hujjatlari asosida amal qiladi, lekin ixtiyoriy xususiyatga ega va sug’urta shartnomasi bilan tartibga solinadi (sug’urta ta’minoti) va boshqa shartlar tomonlarning kelishuviga ko’ra belgilanadi. Daniyadan tashqari, Evropaning qolgan mamlakatlarida ishsizlik bo’yicha sug’urtalash majburiy xususiyatiga ega. Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda o’z ko’lamlari va rivojlanish darajasiga ko’ra pensiya ta’minoti ijtimoiy sug’urtaning asosiy turi hisoblanadi. Davlat ijtimoiy fondlarni tashkil etish tartibini, pensiyalar belgilash shartlarini (yosh, sug’urta yoki mehnat staji, fuqarolikning davomiyligi), pensiyalar miqdorini aniqlash tamoyilini (qat’iy belgilangan, eng kam ish haqiga bog’liq) tartibga soladi. Ijtimoiy fondlar davlat dotastiyalari, ish beruvchilar uchun ijtimoiy soliqlar va sug’urtalanuvchilarning badallari hisobidan shakllanadi. Ishsizlik bo’yicha davlat ijtimoiy sug’urtasi ijtimoiy himoyalashni ta’minlovchi ijtimoiy sug’urtaning yana bir turi hisoblanib, u bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda XX asrning 20-30-yillarida joriy etilgan. Ishsizlik bo’yicha nafaqaning tayinlanishi u to’lanadigan shaxslar 156 doirasini cheklovchi qator talablarning bajarilishi bilan bog’liq. Nafaqa so’rab murojaat etgan xodim muayyan stajga ega bo’lishi, muayyan muddat (yilning choragi, bir yil) mobaynida zarur eng kam ish haqini olishi kerak. Malaka stajining davomiyligi, shuningdek nafaqa to’lash muddati ham turli mamlakatlarda turlicha (Germaniyada 13 haftadan 52 haftagacha, AQShning aksariyat shtatlarida, Italiya va Yaponiyada o’rtacha 26 haftagacha). Ishsizlik bo’yicha nafaqalar to’lashning katta ulushi davlatning chekiga tushadi. Xususan, Shvestiyada ishsizlik bo’yicha nafaqaning faqat 15 foizi sug’urta badallari hisobidan, 85 foizi esa tadbirkorlarning majburiy badallari va soliqlardan yuzaga keladigan davlat mablag’lari hisobidan to’lanadi. Davlatning ish haqi sohasidagi tartibga soluvchi aralashuvi eng kam ish haqining qonun bilan belgilanishini nazarda tutadi. Bu asosan mehnat jarayonlarining malakasiz mehnatni talab qiladigan turlariga taalluqli. Qonunlar yordamida davlat ish haqini to’lash rejimini belgilaydi (masalan, ikki haftada yoki har oyda). Ayrim holatlarda ish haqi siyosati uning eng yuqori darajasi joriy etilishini va muayyan muddat mobaynida ushbu darajaning saqlanib turilishini nazarda tutadi. Shuningdek, mehnatga haq tulashning o’sish sur’atlariga nisbatan ham cheklovlardan foydalaniladi. Ushbu tadbirlar inflyastiyaning oldini olish maqsadida qo’llaniladi. Ikkinchi tomondan, rivojlangan mamlakatlarda inflyastiyaning, birinchi galda narxlar o’sishining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun ish haqini indeksastiyalash mexanizmi qo’llaniladi. Indeksastiyalash tartibi turlicha. U umummilliy xususiyatlarga ega bo’lishi, shuningdek tadbirkorlar, kasaba uyushmalari va davlat o’rtasida ijtimoiy hamkorlik doirasida tuziladigan kelishuvlarda qayd etilishi mumkin. Indeksastiya firmalar yoki alohida tarmoqlar darajasida amalga oshirilishi va tadbirkorlar bilan kasaba uyushmalarining jamoaviy shartnomalarida qayd etilishi mumkin. Indeksastiya qilinadigan ish haqining miqdori turlicha. To’liq indeksastiya eng kam ish haqiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin, so’ngra indeksastiya qisman xususiyatga ega bo’la boshlaydi, bu hol inflyastiyaga to’sqinlik qilishga yordam beradi. Bandlik muammosi eng keskin ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun mehnat bozoriga nisbatan ijtimoiy siyosat davlat yo’li bilan tartibga solishda alohida o’rin tutadi. Davlat yollash shartlarini va mehnat shartnomalarini tuzishning umumiy shartlarini qonun bilan belgilaydi. Davlat ta’lim, xodimlarni kasb-hunar va texnik tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etishni o’z zimmasiga 157 oladi. Davlat subsidiyalari hisobidan xodimlarning omilkorligi, kichik biznesning rivojlanishi rag’batlantiriladi, yangi ish o’rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlarga imtiyozlar ko’rsatiladi. Tanglik davrlarida davlat jamoat ishlaridan foydalanadi. Ishsizlar uchun jamoat ishlari – 1929-1933 yillardagi Buyuk qatag’on yillarida yuzaga kelgan davlat bandlik siyosatining birinchi yo’nalishi. Mehnat bozorlarida davlatning ta’siri xorijiy ishchi kuchi oqimini tartibga soluvchi migrastiya siyosati bilan ham amalga oshiriladi. Zarur uy-joy sharoitlarini ta’minlash siyosati G’arb mamlakatlarida tarkibiy siljishlarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy siyosat vositasi sifatida ko’rib chiqiladi, chunki oson va tez hal etiladigan uy-joy muammolari ishchi kuchining harakatchanligini ta’minlashga ko’maklashadi. Ijtimoiy siyosatning ushbu yo’nalishi uy-joyni ijaraga oluvchi xodimlarga yordam ko’rsatish maqsadida byudjetdan mablag’lar ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat ko’pincha mustaqil uy-joy qurilishini rag’batlantiradi. Bunda turli imkoniyatlardan foydalaniladi. Masalan, hududiy hokimiyat organlari nisbatan arzon uy-joy majmualarini barpo etib, ularni past daromadli oilalarga ijaraga beradi. Ushbu sohadagi ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning yana bir yo’li xususiy qurilish kooperativlari tomonidan qurilgan uy-joydan foydalanishni nazarda tutadi. Bu erda davlatning roli qurilish tashkilotlariga erning bepul berilishi, ularni imtiyozli kreditlashning amalga oshirilishi yoki yumshoq soliq solinishida namoyon bo’ladi. Mazkur variant doirasida davlat odatda uy egalarining ijaraga beriladigan uy-joydan oladigan daromadining eng yuqori chegarasini belgilagan holda uy-joy uchun to’lovlar miqdorini nazorat qiladi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling