B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Demografik prognozlar tasnifi
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
11.2. Demografik prognozlar tasnifi Prognoz gorizontining uzunligi va prognoz davrining uzoqligi demografik prognozlarni tasniflashning birinchi mezoni hisoblanadi. 147 Odatda qisqa muddatli (1-5 yil), o’rta muddatli (5-10 yil) va uzoq muddatli (25-30 yil) demografik prognozlar mavjud. Prognoz gorizonti qanchalik keng bo’lsa, prognozlar shunchalik aniq va ishonchli bo’ladi. Mamlakatimizda qisqa va o’rta muddatli demografik prognozlar muntazam ravishda ishlab chiqilib, sho’rolar davrida ular asosida besh yillik rejalar (qisqa muddatli prognozlar) va 15-20 yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlari belgilanardi. Ushbu prognozlar ko’p jihatdan kon’yunktura xususiyatiga ega edi va ko’pincha turli guruhlar manfaatlari o’rtasidagi o’ziga xos murosaning natijasi hisoblanardi. Masalan, sobiq Ittifoqning aksariyat respublikalari o’z aholisi prognoz sonining yuqori bo’lishidan manfaatdor edi, chunki ular markazdan oladigan ijtimoiy trnsfertlar hajmi ana shunga bog’liq edi. Bunda markaz demografik prognozlarni ishlab chiquvchi organ hisoblangan Davlat reja qo’mitasi timsolida ushbu sonni kamaytirishga intilardi, chunki aholining katta soni qator muhim makroiqtisodiy parametrlarning yomonlashuvini anglatardi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi va ayrim ilmiy tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi. Demografik prognozlarning maqsadi ularni tasniflashning ikkinchi muhim mezoni hisoblanadi. Prognoz qilish maqsadlariga ko’ra barcha demografik prognozlar tahliliy prognozlar, ogohlantiruvchi prognozlar, normativ prognozlar va Funksional prognozlarga bo’linadi. Tahliliy prognozlarning maqsadi aholining kelgusi soni va tarkibiga, shuningdek umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ehtimoliy ta’sirini baholash yo’li bilan aholini ko’payishining zamonaviy tendenstiyalarini tadqiq etishdan iborat. Boshqacha aytganda, tahliliy prognoz shunchaki prognoz qilishni emas, balki saqlanib qolinishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa jarayonlarning bo’lajak dinamikasiga ta’sir ko’rsatishi, mavjud muammolar va muammoli vaziyatlarni keskinlashtirish yoki yangilarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan real vaziyatdagi amalga oshiradi. Tahliliy prognoz odatda bo’lajak demografik vaziyat parametrlarini baholash ko’rinishida ifodalanadi, bu baholash aholi ko’payishi holatining o’zgarmasligi yoki uning qandaydir o’zgarishi haqidagi taxmin asosida amalga oshiriladi. Tahliliy prognoz, odatda, uzoq muddatli hisoblanadi. Bunda, uning o’zi haqiqatga kamroq yaqin va kam ehtimolli bo’lgani holda tahliliy prognoz aholi soni va tarkibidagi kelgusi o’zgarishlarni 148 go’yoki tasvirlaydi. Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga kelishi ehtimolini aniqlash uchun demografik prognoz amalga oshiriladigan salbiy oqibatlar va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va xususan, demografik siyosat maqsadlarini belgilashga xizmat qiladi. Prognoz qilish-ogohlantirish tahliliy prognozning bir turi hisoblanadi. Prognoz qilish-ogohlantirishning maqsadi yuzaga kelgan demografik vaziyatning noqulay yoki xavfli oqibatlarini ko’rsatib berishdan iborat. T.R.Maltusning ayanchli nufus qonuni eng mashhur demografik prognoz qilish-ogohlantirishlardan biri hisoblanadi. O’zining aholi geometrik progressiyada (ya’ni, eksponenstial), hayot kechirish vositalari esa arifmetik progressiyada (ya’ni, chiziqli) o’sishi to’g’risidagi g’oyasini olg’a surgan holda, Maltus, uning fikriga ko’ra, aholining tez sur’atlar bilan o’sishi va shu sababli hosil bo’ladigan aholining ortiqcha ko’payib ketishi keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ayanchli oqibatlar (qashshoqlik, epidemiya, tartibsizlik, urush va h.k.)ni tasvirladi. Maltusian an’analari ruhida ijro etilgan zamonaviy prognoz qilish- ogohlantirishlardan Rim kulubining prognozlari mashhur bo’lib, ular o’z mualliflarining fikriga ko’ra, aholi sonining o’sishi, shuningdek mineral va energetika resurslarini iste’mol qilish hajmining o’sishi tufayli kelib chiqadigan har xil fojialarga boydir. Normativ prognozning asosiy maqsadi—demografik jarayonlarning ayrim ko’ngilli holatiga erishish uchun muayyan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Normativ prognoz qilishda demografik vaziyat va demografik jarayonlarning ko’ngilli holatlari to’g’risida qator fiklar bildiriladi: aholining istalgan soni, tug’ilish, o’limning maqbul darajasi va h.k. Shundan keyin ushbu ko’ngilli yoki normativ, maqsadli parametrlarga erishish uchun ko’rilishi lozim bo’lgan choralar belgilanadi. Funksional prognoz qilish maqsadi aholi to’g’risida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va davlat hamda ijtimoiy boshqaruv faoliyatining boshqa sohalarida zarur bo’lgan prognoz axborotini olishdan iborat. Funksional prognoz qilish – bu u yoki bu tashkilotlar, firmalar, korporastiyalar, davlat organlari, o’quv muassasalarining muayyan amaliy maqsadlari va vazifalariga xizmat qiluvchi prognoz. U, ijtimoiy tilda aytganda, ijtimoiy institutlar, tashkilotlar va boshqa ijtimoiy tuzilmalarning faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi aholi guruhlari, oilalar va uy xo’jaliklarining bo’lajak soni va tarkibini o’zida namoyon etadi. 149 Funksional demografik prognoz qilish – bu ayrim o’ziga xos maqsadlar uchun bo’lajak talab va taklifni oldindan aytib beruvchi teglamalar shakliga keltirilgan aholi yosh-jins tarkibini prognoz qilish. Funksional nuqtai nazardan, yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy tuzilmalar faoliyati bilan qandaydir bog’liq bo’lgan insonlarni tovarlar, xizmatlar, boyliklar ishlab chiqaruvchi, ular uchun mazkur ijtimoiy tuzilma mavjud bo’lgan va ushbu tovarlar, xizmatlar, boyliklarni iste’mol qiluvchi guruhlarga bo’lish mumkin. O’z navbatida, Funksional prognozlarning ikkita toifasi ajratiladi: yoki Dastlabki holatda gap aholining soni va tarkibi hamda uning alohida yosh-jins guruhlarining prognozlari haqida borayapti va ular go’yoki demografik tizim faoliyat ko’rsatishining natijasi hisoblanadi: u maktab yoshidagi bolalar, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar, keksalar va qariyalar, oilalar va uy xo’jaliklari va h.k.. Ikkinchi holatda, - gap u yoki bu ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, korporastiyalar faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan aholi, ijtimoiy faoliyat subyektlari, ijtimoiy rollar ijrochilarining soni va tarkibi haqida borayapti. Aynan aholi Funksional guruhlari soni va tarkibining bo’lajak, prognoz dinamikasi sanab o’tilgan ijtimoiy tuzilmalar faoliyatining yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan strategiyasi va taktikasi haqida qaror qabul qiluvchi shaxslar bevosita manfaatlarining predmeti hisoblanadi. Quyidagilar Funksional prognozlarga misollar bo’la oladi: - tovarlar yoki xizmatlarning u yoki bu turlariga bo’lgan talabni prognoz qilish. Masalan, tug’ilishning prognoz tendenstiyalarini hisobga oluvchi bolalar tovarlariga bo’lgan iste’mol talabining bo’lajak dinamikasini baholash. Yoki aholining keksayishini hisobga oluvchi keksalar va qariyalar uchun kundalik ishlatiladigan tovarlarni prognoz qilish; - elektoral prognoz. Kelajak uchun saylovchilar soni va tarkibini aniqlash, u yoki bu partiya saylovlarida g’olib chiqish istiqbollarini baholash va h.k.; - ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarning soni va tarkibini prognoz qilish. Shu asosda, o’qituvchilar talab etilayotgan soni va ta’lim jarayonining moddiy bazasi baholanadi. Aholining ta’lim darajasini prognoz qilish; 150 - bandlar sonini va tarkibini prognoz qilish. Ularning kasb-malaka va boshqa tarkibini baholash. Ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarishning ehtimoliy hajmini prognoz qilish; - aholining soni va jins-yosh tarkibi, kasallanish dinamikasi asosida sog’liqni saqlash ehtiyojlarini prognoz qilish. Tibbiyot xodimlarining (mutaxassisliklar va malaka darajasi bo’yicha) talab etiladigan sonini, shuningdek sog’liqni saqlashning zarur moddiy bazasini aniqlash; - pensionerlar va boshqa ijtimoiy xizmatlar mijozlari sonining dinamikasini prognoz qilish; - qurolli kuchlar safiga jalb etilishi mumkin bo’lgan shaxslarning soni va tarkibini aniqlash. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling