B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Indikativ reja tuzishda iqtisodiy organlarning Funksional
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
12.2. Indikativ reja tuzishda iqtisodiy organlarning Funksional
hamkorligi Zarur natijalarga erishishda o’rta muddatli indikativ rejani tayyorlashning to’g’ri tashkil etilishi zaruriy ahamiyatga ega va har xil 166 vazirlik hamda tashkilotlar tomonidan rejani ishlab chiqishda xarajatlar kamayishiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlashda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy Bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq va Davlat mulki qo’mitalari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investistiya va savdo va boshqa vazirlik hamda tashkilotlar, Qoraqaolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimiyatlari, konsternlar, kompaniyalar, uyushmalar, hissadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar qatnashadilar. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ rejalarini ishlab chiqishga doir ishlarni umumiy muvofiqlashtirish, indikativ rejalarni ishlab chiqishda iqtisodiy organlarning ishlarini o’zaro hamkorligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yuklatiladi. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining indikativ rejasini ishlab chiqish jarayonida iqtisodiy organlarning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi – ijitmoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ rejalarini ishlab chiqishga doir hukumat qarorlari bajarilishini nazorat qilish va reja variantlarini tiklash; Iqtisodiyot vazirligi – o’rta muddatli istiqbol uchun iqtisodiyotning real sektori rivojlanishi tahlili va prognozi, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: - iqtisodiyotning resurs va ishlab chiqarish salohiyatini baholash va rivojlanishi istiqbollari; - jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi tendenstiyalar; - iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlaridagi iqtisodiy o’sish va ichki talab rivojlanishini baholash; - inflyastiya darajasi va antiinflyastiya siyosatining ko’rsatkichlari; - tashqi talab rivojlanishini va tashqi iqtisodiy faoliyatni baholash. Markaziy Bank – asosiy pul-kredit agregatlari va pul-kredit siyosatini asosiy yo’nalishlari bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini, bank tizimi aktiv va passiv balans ko’rsatkichlarini, monetarizastiya darajasini tayyorlaydi. Moliya vazirligi – Davlat byudjetining daromad va xarajatlari va byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari: byudjetning daromad va xarajat ko’rsatkichlari, davlatning tashqi qarzi, byudjet defistiti va uni moliyalashtirish bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini tayyorlashni amalga oshiradi. 167 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi – demografik rivojlanish, mehnat resurslari, bandlik, ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlari va ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari: aholi soni va mehnat resurslari, bandlik darajasi, turmush darajasi bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar xokimiyatlari – viloyatlar va Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari, mahalliy byudjetning shakllanishi va byudjetdan moliyalashtirishga talabnomalar prognozini amalga oshiradilar. Ijtimoiy soha vazirliklari hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar – rivojlanishning mos yo’nalishlari bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Konsternlar, kompaniyalar, uyushmalar, xissadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar – rejalashtirayotgan davr uchun ishlab chiqarish-xo’jalik yuritish va korxonaning moliyaviy faoliyati rivojlanishiga oid tahliliy va prognoz hujjatlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Tashkilotlararo ishchi guruh – o’rta muddatli rejani ishlab chiqishda iqtisodiy organlar o’rtasida muvofiqlashtiruvchi bo’g’in sifatida faoliyat yuritadi. Iqtisodiy organlarning rahbarlari va mutaxassislaridan tashkil etilgan tashkilotlararo ishchi guruhning vazifalari birinchi navbatda quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lishi kerak: - makroiqtisodiy jarayonlarni tahlili va prognozida iqtisodiy organlar hamkorligini tashkil etish; - aniq umumiy yo’nalishlarni va samarali siyosatni ishlab chiqish maqsadlarini aniqlash; - prognozlar sifatida va balansini, quyilgan maqsadlarning mavjud moddiy-moliyaviy resurslar hajmiga mosligini ta’minlash; - iqtisodiy o’sishga ichki va tashqi omillarning ta’sirini hamda makroiqtiosdiy siyosat vositalari o’zgarishini hisobga olgan holda bashoratning bir necha variantlarini ishlab chiqish. Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayat – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ rejasi variantlarini muhokama qilish va mazkur masala yuzasidan xukumatga takliflar tayyorlash. O’rta muddatli istiqbolga makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlashga tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. 1. Makro-prognozlarni tashkil etish. 168 Makroiqtisodiy prognozlarning tashkiliy bloklari ijitmoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqishning tarkibiy qismi bo’lgan makroiqtisodiy prognoz iqtisodiy tuzilmalarni indikativ rejaning maqsadli vazifalarini bajarishga yo’naltirishni amalga oshiradi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozini ishlab chiqishdagi asosiy talablar bo’lib qo’yilgan maqsadlarga erishishda iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari rivojlanishiga yo’naltiruvchi makro ko’rsatkichlarning balanslashuvining yuqori darajasiga erishish hisoblanadi. Makroiqtisodiy prognozlar to’rtta asosiy blok bo’yicha ishlab chiqiladi: - real sektor bloki; - to’lov balansi bloki; - davlat byudjeti bloki; - pul-kredit sektori bloki. Real sektor bloki ko’rsatkichlari prognozi. Resurslar, mahsulotlar va xizmatlar bozorini kompleks tahlilini nazarda tutadi, Bular: - demografik holat va mehnat resurslari tahlil va prognozi; - iqtisodiyotning resurs va ishlab chiqarish salohiyatni, to’plangan milliy boylikni tahlili va prognozi; - iqtisodiyotda ichki talab ko’rsatkichlari tahlili va prognozi; - tabiiy resurslarning mavjud zaxiralari va ko’rsatilgan omillar o’zgarishini istiqbollari tahlili va prognozi; - ijtimoiy rivojlanish darajasi tahlili va prognozi. To’lov balansining prognozi quyidagi asosiy yo’nalishlarda tahliliy va prognoz ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi: - mahsulot eksport va importi tahlili va prognozi; - omilli va noomilli xizmatlar ko’rsatish tahlili va prognozi; - kapital harakati tahlili va prognozi; - to’lov balansi defistitini moliyalashtirish tahlili va prognozi; Davlat byudjeti prognozi quyidagilarni nazarda tutadi: - byudjetning soliq va nosoliq daromadlari tahlili va prognozi; - byudjetning joriy va kapital xarajatlari tahlili va prognozi; - davlatning ichki va tashqi qarzlariga xarajatlari tahlili va prognozi; - byudjet defistiti va uni moliyalashtirish tahlili va prognozi; Pul-kredit sohasi prognozi quyidagilarni nazarda tutadi: - bank tizimini aktiv va passivlari balansi ko’rsatkichlari tahlili va prognozi; - pul hajmi ko’rsatkichlari tahlili va prognozi; - monetarizastiya darajasi tahlili va prognozi; 169 Agar Iqtisodiyot vazirligi tomonidan dastur loyihalarini ishlab chiqishning umumiy mexanizmi va rivojlanishi yangicha bo’lmasa (ammo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqishda faol foydalaniladi), tashkilotlararo iqtisodiy Kengashning vakolati va faoliyati ancha aniq belgilangan bo’lishi shart. Tashkilotlararo iqtisodiy kengash xususiy biznes va tadbirkolrlik tuzilmalarini jalb qilishni alohida e’tiborga olgan holda iqtisodiyotning barcha manfaatdor sektorlarini indikativ rijelashtirish jarayoniga jalb etish uchun tashkil etilishi kerak deb, qaraladi. Bular Kengash tomonidan ikkita asosiy vazifalarni bajarish uchun muhim: Birinchidan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatayotgan “iqtisodiyot o’yinchilari”, yoki ularning vakillarini fikrini hisobga olish keng jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqilgan indikativ reja, direktiv rejalarni tuzishning usuliga xos bo’lgan xatolardan holi bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, “iqtisodiyot o’yinchilari” hukumatning strategik rejalari va iqtisodiyot rivojlanishining (ilmiy texnik taraqqiyot, demografiya) prognozi haqida keng axborot berishi mumkin. Bu biznes va aholini hisobga olgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlariga yangi sharoitlarga tezroq moslashishga va o’z faoliyatini optimallashtirishga olib keladi. Misol uchun, Yaponiyada rejalashtirish amaliyoti ko’p yapon kompaniyalari (asosan yirik) umumdavlat rejasini amalga oshirilishiga yordam ko’rsatdilar va o’z faoliyatini uning ko’rsatkichlari hamda yo’nalishlaridan kelib chiqib rejalashtirdilar. Tashkilotlararo iqtisodiy Kengashning yuqorida keltirilgan ikkala vazifasi ham iqtisodiy nuqtai nazardan, ham mamlakatda fuqarolik jamiyat qurishda ahamiyatli. O’zbekistonning murakkab hududiy-ma’muriy bo’linishini hisobga olgan holda umumdavlat indikativ rejalarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda har bir hududning iqtisodiy rivojlanishining indikativ rejalarini ishlab borish juda ahamiyatli hisoblanadi (bunday tajriba Yaponiya, Malayziya, Rossiya va boshqa davlatlarda qo’llaniladi). Bu jarayonni institustional ravishda xokim huzuridagi iqtisodiy kengash, shuningdek Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari boshqa hududiy iqtisodiy organlari va tadbirkorlik sektori bilan hamkorlikda ta’minlashi mumkin. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling